30 aprel ertalab Yaponiya imperatori Akixito sintoist ibodatxonasida taxtdan voz keçiş bilan boğliq diniy marosimlarni bajo keltirişni boşladi.
Mahalliy televideniye imperatorning Kasikodoro ibodatxonasiga özining ketayotgani haqida sintoist xudolariga ma'lum qilgani kirayotganini namoyiş qilgan. Söngra u yerda imperatorning taxtni egallaydigan tönğiç öğli Naruxito ibodat qilgan.
Bundan avvalroq 85 yoşli imperator Yaponiyaning turli hududlarida 11 ta şunday marosimni amalga oşirgan.
Imperatorning taxtdan voz keçiş rasmiy marosimi Tokiodagi imperatorlik saroyida mahalliy vaqt bilan 17:00da boşlanadi.
Ma'lum qilinişiça, marosimda boş vazir Sindzo Abe nutq sözlab, imperatorga minnatdorlik bildiradi. Şuningdek, Akixitoning özi ham imperator sifatida sönggi sözini aytadi.
Marosimda imperatorning rafiqasi Mitiko, valiahd şahzoda Naruxito, Yaponiyaning qonunçilik, ijroçilik va sud hokimiyati hamda mahalliy boşqaruv organlari vakillari, jami 338 kişi iştirok etadi.
Imperator rasman 30 aprel yarimtunda iste'foga ketib, 30 yil davom etgan Xeysey – “Tinçlik örnatilişi” davriga yakun yasaydi. U boşqa heç qanday rasmiy majburiyatlarni bajarmaydi. Akixito hattoki öğlining taxtga ötirişi marosimida yangi imperatorga xalaqit qilmaslik uçun iştirok etmaydi.
Yangi imperatorning taxtga ötirişi bilan Yaponiyada “Reyva” – “Ajoyib uyğunlik” davri boşlanadi.
1 may kuni yangi imperator Naruxito alohida marosimda imperatorlik regaliyalari – qiliç va zeb-ziynatlar hamda 126-imperator ekanining isboti sifatida imperatorlik muhrini oladi. Keyinroq u boş vazir va jamoatçilik vakillari bilan uçraşadi.
Akixito Yaponiyani miloddan avvalgi 660 yildan beri boşqarib kelayotgan sulolaning 125-imperatori hisoblanadi.
Yaponiyada taxtdan 60 dan köproq imperator voz keçgan. Oxirgi marta bu 1817 yilda yuz bergan.

















