Xalqaro banknota jamiyati dunyoning 2018 yildagi eng çiroyli qoğoz pullari nomini e'lon qildi. Unga köra, Kanadada irqçilikka qarşi kuraşgan qora tanli tadbirkor Viola Desmond tasviri tuşirilgan 10 dollarlik kupyura “2018 yil banknotasi” deb topildi.

Ikkinçi öringa Şveytsariyaning 200 franklik kupyurasi loyiq körildi.

Uçinçi örin Norvegiyaning 500 kronli qoğoz puliga nasib etdi.

Törtinçi öringa jahon çempionatiga bağişlab çiqarilgan Rossiyaning yuz rubllik puli joylaşgan bölsa, beşinçi örindan Sulaymon orollarining 40 dollarlik kupyurasi joy oldi.


2017 yilda Şveytsariyaning 10 franklik kupyurasi yil banknotasi deb topilgandi.













