AQŞ Venesuela prezidenti Nikolas Maduro mamlakat hududini tark etişini talab qilmoqda. Bu haqda 30 aprelda CNN telekompaniyasiga intervyuda AQŞ davlat kotibi Maykl Pompeo aytib ötdi.

Pompeodan hozir Maduroga qanday murojaat yöllagan bölişi haqida söralganda, “Samolyotni işga tuşiring”, deb javob qilgan u. U bir neça marta Maduro Venesuelani “tark etişi vaqti kelganini” aytgan.

“Uning uçun Venesuelani tark etiş vaqti keldi. Demokratiya va erkinlikni qöllab-quvvatlaşga tayyorlar uçun hokimiyatni topşiriş ötiş jarayonining tarkibiy qismi bölişga va mintaqadagi barça davlatlar bilan hamkorlikni boşlaşga yaxşilab tayyorlaniş lozim”, deb aytgan Pompeo.

AQŞ davlat kotibining aytişiça, agar Maduro Venesuelani tark etişdan boş torsa, Vaşington unga va uning atrofiga bosimni kuçaytiradi. 

Pompeo Maduro mamlakatni tark etişni istamasa nima bölişi haqidagi savolga “U va uni qöllab-quvvatlayotganlar uçun sarflar oşaveradi. Afsuski, men u bu borada taşvişlanayotganiga işonçim komil emas. U taşvişlanayotganiga umid va duo qilaman”, deb javob qilgan AQŞ davlat kotibi. 

“Biz Venesuela xalqiga nisbatan zöravonlik qöllayotgan va zöravonliklar amalga oşirayotganlarni javobgarlikka tortamiz”, deb qöşimça qilgan Pompeo.

Ayni vaqtda Venesuelada poytaxt Karakas va boşqa şaharlarda hukumatga qarşi aksiyalar ötmoqda.