Venesuelalik harbiylar prezident Nikolas Maduroni ağdarişga urinayotgan muxolifat tomonga ötişi lozim. Bu haqda AQŞ prezidentining milliy xavfsizlik böyiça maslahatçisi Jon Bolton aytib ötdi.

Bolton navbatdagi marta Maduro va uning tarafdorlarini hokimiyatni uzurpatsiya qilişda va konstitutsiyani buzişda ayblagan. 

Foto: regnum.ru

“Ular (harbiylar) Milliy assambleya va qonuniy institutlarni demokratiyaning tortib olinişiga qarşi kuraşda qöllab-quvvatlaşlari lozim”, deb yozgan Bolton tvitterda. 

Bu orada Ispaniya hukumatining rassmiy vakili, ta'lim vaziri vazifasini bajaruvçi Isabel Selaa Venesuelada qon tökilişiga yöl qöymaslikka çaqirgan. Uning ta'kidlaşiça, Madrid demokratik va tinç jarayonni qöllab-quvvatlaydi hamda Lotin Amerikasi davlatida darhol yangi prezident saylovlari ötkazilişiga çaqiradi.

30 aprelda Venesuelada davlat töntaruviga urinişdan keyin muxolifat vakillari öz yetakçilari Xuan Guaydo çaqiriğiga köra Karakas va boşqa ştatlar köçalariga çiqişdi. Politsiya bilan eng keskin töqnaşuvlar Karlota aviabazasi yaqinida bölib ötgan. Baza yaqinidagi otişmada 6 kişi jabrlangani ma'lum qilingan.