2019 yilning 22-28 aprel kunlari “ÖzRTXB” AJda 1,04 trln sömlik bitimlar tuzildi, ya'ni avvalgi haftaga nisbatan deyarli özgarmadi. Kiçik biznes va tadbirkorlik sub'yektlari iştirokida tuzilgan bitimlarning umumiy hajmi 507,8 mlrd sömni taşkil etdi.
"ÖzRTXB" AJ matbuot xizmati xabariga köra, birja savdolarining hajmi 939,2 mlrd sömdan 945,3 mlrd sömga oşdi. Valuta savdo maydonçasi orqali 2,3 mln AQŞ dollarga teng tovarlar sotilib, ösiş 11%ni taşkil etdi. Eksport tarkibida neft mahsulotlari 77% va polietilening turli markalari 23%ni egalladi.
Körib çiqilayotgan davr mobaynida onlayn auksion orqali 675 ta avtomobil raqamlari sotildi. Sotilgan davlat raqam belgilarining umumiy summasi 2,4 mlrd sömni taşkil qildi. Savdolar natijasida bitimlarning 14% birinçi toifadagi avtoraqamlarga, 47% ikkinçi va 39% uçinçi toifa avtoraqamlarga tegişli.
Bir haftada 2,4 mlrd sömlik avtomobil raqamlari sotildi
20:14 / 01.05.20198 6901 min












