Rossiyaning Vneştorgbanki (VTB) Moskvaning «Dinamo» klubini sotib olganini e'lon qildi.

Bitimning ramziy narxi 1 rubl qilib belgilandi.

Biroq, «Dinamo» VTB uçun sariq çaqaga tuşgani yöq. Klubning taşqi qarzlari 5,3 milliard rublni (taxminan 90 million dollarni) taşkil qiladi. Endi bank uni 8 yil davomida bir amallab tölaşi yoki restrukturizatsiya qilişiga töğri keladi.

Dastlabki qadamda VTB «Dinamo» klubining rahbariyatini özgartirib, öz odamlarini tayinladi.

Rossiya Premer-Ligasining bu mavsumda «Dinamo» 12-örinda boryapti. Jamoani quyi ligaga tuşib ketiş hududidan atigi 2 oçko ajratib turibdi.