Ötgan asrning 40-yillari oxiri va 50-yillari boşlarida öşa vaqtda Nyu-Yorkka köçib ötgan fotograf Robert Frank muntazam ravişda Yevropaga qaytar va uning uruşdan keyingi qayta tuğilişini muhrlardi.
1951-1952 yillar Frank uçun London belgisi ostida ötdi. U şahar muhiti, turli jihatlari va oldindan aytib bölmas xususiyatlarini sevib qoldi. U tumanli köçalarda qadam bosayotgan, an'anaviy silindr va uzun palto kiygan ingliz moliyaçilari, kömir yetkazuvçi işçilar, hovlida öynayotgan bolalarni suratga tuşirdi. Frank poytaxtdagi qarama-qarşilikni suratga olgan. Deyarli 70 yildan keyin uning işini közdan keçiriş yanada qiziqarli tus oladi.






















