AQŞ vitse-prezidenti Mayk Pens AQŞ Venesuela muxolifati yetakçisi Xuan Guaydo va köçalarga namoyişga çiqqan odamlarni qöllab-quvvatlaşini ma'lum qildi.
"Biz siz bilanmiz! Ozodlik va demokratiya tiklanmaguniça Amerika sizlarni qöllab-quvvatlaydi", - deb yozdi u Twitter sahifasida.
Seşanba kuni Guaydo va uning tarafdorlari Karakasda "La-Karlota" harbiy bazasi oldida töplandi. Avvalroq Guaydo Venesuela xalqi va armiyani "Ozodlik" operatsiyasini yakuniga yetkaziş uçun köçalarga çiqişga çaqirgandi.
Venesueladagi vaziyat 23 yanvar kuni keskin tus oldi, öşanda Guaydo ommaviy aksiyalar fonida özini vaqtinça prezident deb e'lon qilgandi. Uni AQŞ, Lotin Amerikasi davlatlari va Yevropa Ittifoqi a'zolari tan olgan.
Mamlakatning amaldagi rahbari Nikolas Maduro bu voqeani davlat töntarişiga uriniş deb atadi. Rossiya, Xitoy, Turkiya va yana bir neça davlatlar Maduroni qonuniy prezident deb hisoblaşda davom etmoqda.














