30 aprel kuni Venesuela muxolifati rahbari Xuan Guaydo Karakasdagi harbiy-havo kuçlariga tegişli bazada olingan videoni e'lon qildi. Videoda u özini qurşab turgan harbiylar orasida turib, mamlakatdagi barça harbiylarni öziga qöşilişga va Nikolas Maduroning uzurpatsiyasiga çek qöyişga çorladi va ozodlik harakatining yakuniy bosqiçi boşlanayotganini e'lon qildi.
Venesuela prezidenti Nikolas Maduro mamlakatda namoyişlarning yangi tölqini boşlanganiga qaramasdan, qaysarlik bilan xavfni inkor qilmoqda.

Miraflores / EPA / Scanpix / LETA
U öz telemurojaatida «öng kuçlar, Kolumbiya oligarxiyasi va Amerika imperiyasi» tomonidan sahnalaştirilgan namoyişlar barbod bölgani haqida gapirdi. Maduro muxolifatçilarning namoyişlarini davlat töntarişiga uriniş sifatida baholadi va Venesuela prokuraturasi tekşiruv işlari boşlaganini ma'lum qildi. Venesuela prezidenti «oliy harbiy qömondonlikning tinçlikni himoya qilişdagi jasurligi»ni e'tirof etib, harbiy rahbariyatga minnatdorçilik bildirdi.
Bu vaqtda esa muxolifat rahbari Xuan Guaydo namoyişlar davom etayotgani, ammo uning raqibi xorijiy elçixonaga yaşiringani haqida gapirdi.

Manaure Quintero / Reuters / Scanpix / LETA
Guaydoning aytişiça, uning tarafdorlari «armiya kömagidan mahrum bölgan» Maduro ustidan ğalaba qozonilmaguniça köçalarda qarşilik körsatişda davom etadi. Öz navbatida namoyişlar arafasida Guaydo tomoniga ötgan harbiylar tomonidan uy qamoğidan ozod qilingan boşqa bir muxolifat yetakçisi Leopoldo Lopes Ispaniya elçixonasidan qönim topgan (Lopes va uning rafiqasi kelib çiqişiga köra ispanlar). Bundan taşqari, venesuelalik 25 nafar harbiy Braziliya elçixonasidan boşpana söragan. Bu mamlakat prezidenti Jair Bolsonaru Maduro rejimiga qarşi hisoblanadi.
AQŞ Davlat kotibi ma'lum qildiki, namoyişlar boşlangaç, Maduro Venesueladan Kubaga qoçib ketmoqçi bölgan, ammo ruslar uni bundan qaytarişgan. Rossiya va Maduro buni inkor qilmoqda.


















