Surxondaryo viloyatiga hokim tasdiqlandi

2019 yil 1 may kuni Xalq deputatlari Surxondaryo viloyati kengashining navbatdan tashqari sessiyasi bo‘lib o‘tdi.
Sessiyada tashkiliy masala ko‘rildi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Surxondaryo viloyati hokimining iqtisodiyot va tadbirkorlik masalalari bo‘yicha birinchi o‘rinbosari (keyingi bir oy davomida Surxondaryo viloyati hokimi vazifasini bajaruvchi - tahr.) vazifasida ishlab kelayotgan To‘ra Bobolov nomzodini viloyat hokimi lavozimiga tavsiya qildi.
Xalq deputatlari qo‘llab-quvvatloviga ko‘ra To‘ra Bobolov viloyat hokimi etib tasdiqlandi.
«To‘ra Bobolov Surxondaryoning iqtisodiy-ijtimoiy sharoitini yaxshi bilishi, viloyat xalqi, tuman hokimlari va sektorlar rahbarlari hamjihat bo‘lib, belgilangan vazifalarni to‘la bajarishiga ishonch bildirildi», deyiladi O‘zA xabarida.
To‘ra Bobolov 1970 yilda tug‘ilgan. 1992 yilda Toshkent davlat iqtisodiyot universitetini tamomlagan, 1994 yildan 2003 yilgacha O‘zbekiston Respublikasi Davlat mulkini boshqarish va tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash davlat qo‘mitasi Surxondaryo viloyati boshqarmasida turli lavozimlarda ishlagan, 2003-2004 yillarda Surxondaryo viloyati Tovar ishlab chiqaruvchilar va tadbirkorlar palatasi raisi, 2004-2016 yillarda O‘zbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi Surxondaryo viloyati hududiy boshqarmasi boshlig‘i, 2016-2017 yillarda Surxondaryo viloyati hokimligi hududlarni kompleks rivojlantirish yig‘ma boshqarmasi boshlig‘i bo‘lgan. U 2017 yildan 2019 yil apreliga qadar Surxondaryo viloyati hokimining iqtisodiyot va tadbirkorlik masalalari bo‘yicha birinchi o‘rinbosari edi.
Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 1 aprelida 2018 yilning iyulidan Surxondaryo viloyati hokimi sifatida faoliyat ko‘rsatib kelgan Bahodir Po‘latov ishdan olinib, uning o‘rniga To‘ra Bobolov vaqtincha rahbar etib tayinlangandi.
Tavsiya etamiz
Go‘sht narxi oshishi: qo‘shni mamlakatlarda vaziyat qanday?
Iqtisodiyot | 20:36 / 15.04.2025
YeOII Markaziy Osiyo integratsiyasiga monelik qiluvchi omil bo‘lishi mumkin - Farhod Tolipov
O‘zbekiston | 19:45 / 15.04.2025
Inflatsiyani o‘lchash: narxlar qanday kuzatiladi?
O‘zbekiston | 19:31 / 15.04.2025
Jonni xatarga qo‘yib... “Oshqozon”siz ozish orzusi haqida
Jamiyat | 17:46 / 15.04.2025
So‘nggi yangiliklar
-
YeChL. "Arsenal" javob o‘yinida ham "Real"ni yengdi, "Inter" "Bavariya" bilan durang qayd etib, yarimfinalga chiqdi
Sport | 02:04
-
London va Parij migrantlar almashinuvi bo‘yicha kelishuvni muhokama qilmoqda
Jahon | 01:01
-
Rossiyada davlatga xiyonat uchun sudlanganlar soni SSSR davridan beri rekord ko‘rsatkichga chiqdi
Jahon | 00:29
-
Xorazmda fuqarolarga soxta diplom olib bergan shaxs ushlandi
Jamiyat | 23:57 / 16.04.2025
Mavzuga oid

17:10 / 30.04.2024
"To‘ra Abdiyevich, qattiqroq oling" - Zoyir Mirzayev tibbiyotda yosh kadrlarni ishga olishdagi muammolar haqida

16:48 / 01.08.2023
To‘ra Bobolov tumanga hokim bo‘ldi

13:30 / 27.02.2023
To‘ra Bobolov yangi lavozimga tayinlandi

13:08 / 26.12.2022