Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Andijon “Vatanparvar” tashkilotida yoshlar uchun ko‘rgazmali tadbirlar o‘tkazilmoqda

Foto: KUN.UZ
“Vatanparvar” tashkiloti Andijon viloyat Kengashi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 12 dekabrdagi “Yoshlarni vatanparvarlik ruhida va jismoniy tarbiyalash hamda chaqiriluvchilarni harbiy-texnik mutaxassisliklar bo‘yicha tayyorlash tartibini takomillashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi 4061-sonli Qaroriga asosan yoshlarni harbiy-vatanparvarlik ruhida tarbiyalash sohasidagi faoliyatni takomillashtirish, bugungi kunning dolzarb loyihasi bo‘lgan 5 ta tashabbus asosida yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli o‘tkazish bo‘yicha muayyan ishlar amalga oshirib kelinmoqda.
Ana shunday mavzudagi ko‘rgazmali ma'naviy tadbirlar Xonobod tumani o‘quv sport texnika klubida muntazam o‘tkazib boriladi. Kuni kecha tashkil etilgan tadbirda ham tumandagi umumiy o‘rta ta'lim maktablari o‘quvchilari, harbiy qism askarlari qatnashdilar.
O‘quv sport texnika klubining yetakchi o‘qituvchilari sportning texnik va amaliy turlarini targ‘ib qilish maqsadida o‘quvchilarga sport to‘garagi va seksiyalari a'zolari o‘rtasida “O‘q otish”, “Karting” va “Motosport” sport texnikalari ko‘rgazmali taqdimot va amaliy mashg‘ulotlar namoyish qilishdi.
“Vatanparvar” tashkiloti Andijon viloyat kengashi tasarrufidagi o‘quv muassasalari qoshida sportning karting, avtokross, avtoralli, avtomobil xalqa poygalari, avtomobil ko‘pkurashi, motokross, triatlon, duatlon, yozgi biatlon, o‘q otish, aviomodel, raketamodel, kemamodel sporti, qisqa va ultra qisqa telefon hamda telegraf orqali radioaloqa kabi texnik va amaliy sport turlari ommalashtirilmoqda.
Tavsiya etamiz
Urush taqdiri Alyaskada hal bo‘ladi – hafta dayjesti
Jahon | 17:31 / 10.08.2025
Koreya: Gapirilmaydigan haqiqatlar (2-qism) | SUBYEKTIV
Jamiyat | 18:07 / 09.08.2025
Lazizbek Mullajonov birinchisi emas. Doping sabab diskvalifikatsiya qilingan mashhur o‘zbek sportchilari
Sport | 20:54 / 08.08.2025
«Oltin to‘p»ga da’vogarlar ro‘yxati e’lon qilindi
Sport | 16:40 / 08.08.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Umra xizmatlarini noqonuniy amalga oshirayotgan shaxslar faoliyatini aniqlash maqsadida “Sirli mijoz” tadbiri o‘tkaziladi
Jamiyat | 10:54
-
2025 yil moda ranglari - tabiat, hissiyot va jasorat uyg‘unligida
Ayollar dunyosi | 10:43
-
Intellektual mulk himoyasi bo‘yicha ayrim qonunlar o‘zgartirildi
O‘zbekiston | 10:32
-
«O‘zbekneftgaz» Ai-92 benzin narxi arzonlashtirilgani haqida xabar berdi
Iqtisodiyot | 10:30
Mavzuga oid

14:25 / 13.12.2022
“Vatanparvar” qordan ham “foydalanmoqda”: o‘rganuvchilar uchun “vojdeniya” o‘tkazilmayapti

14:00 / 20.03.2021
Qarshida «Vatanparvar» bog‘i ishchilari oylab maosh ololmayapti. Bu birinchi martasi emas

15:34 / 08.03.2021
“Vatanparvar” tashkilotining Buxoro viloyati tashkiloti: maqsadimiz vatanparvar yoshlarni tarbiyalashdir

18:00 / 13.01.2021