Agarda zaruriyat tuğilsa, AQŞ Venesuelada harbiy operatsiya ötkazişi mumkin. Bu haqda AQŞ davlat kotibi Maykl Pompeo Fox Business telekanaliga bergan intervyusida ma'lum qildi.
"Prezident mutlaqo aniq va izçil belgilab berdi: harbiy harakatlar bölişi mumkin. Agarda zarur bölsa, AQŞ buni amalga oşiradi", - dedi u.
"Biz Maduro ketişi va yangi saylovlar ötkazilişi mumkin bölgan hukumatning tinçlik bilan topşirilişini afzal köramiz", - deb qöşib qöydi u.
Seşanba kuni Karakas va Venesuelaning boşqa şaharlarida hukumatga qarşi namoyişlar bölib ötdi.














