AQŞ prezidenti Donald Tramp Venesuelada kelasi haftada yoki undan ham avvalroq köp narsa yuz berişini aytdi, deb yozadi TASS.
Xabar qilinişiça, Trampdan Fox Business telekanali efirida Venesueladagi vaziyatni izohlaşni söraşdi.
"Bu şunçaki dahşatli vaziyat. Biz barça variantlarni körib çiqyapmiz. Biz odamlarga yordam berişni xohlaymiz. Kelasi haftada, balki undan ham avvvalroq köp narsa yuz berişi mumkin", - degan AQŞ prezidenti.
Seşanba kuni Venesuelaning Karakas va boşqa şaharlarida hukumatga qarşi namoyişlar bölib ötdi. Çakao munitsipaliteti soğliqni saqlaş boşqarmasi boşliği Maxiya Santining sözlariga köra, Venesuela poytaxtida namoyişlar çoğidagi töqnaşuvlar oqibatida kamida 50 kişi jarohatlangan.














