Afğoniston poytaxti Kobulda mamlakatdagi ilk attraksionlar boği oçildi, deb xabar berdi Euronews telekanali.

Doimiy portlaşlar va teraktlardan çarçagan Kobul aholisi va ularning farzandlarida uruşdan biroz bölsa-da dam oliş, zavqlanib, kayfiyatni kötarişga imkon paydo böldi. Kabul City Park deb nomlangan boğ Kobul daryosi böyida şahar hokimligi va xususiy kompaniyalar kömagida qurilgan. Boğ 5 gektardan köproq maydonni egallagan.

“Afğonistonliklar uruşlar, portlaşlar va terrorçilar hujumlaridan çarçaşgan. Umid qilamanki, şahar boği ularning köngillariga taskin berib, birozga bölsa-da baxtiyor qila oladi”, deb aytgan boğ direktori Habibulloh Asmatiy.

Boğda “tomoşa ğildiragi” va amerikança tepaliklarda uçiş mumkin, u yerda roliklarda uçiş uçun yölaklar, avtodrom, peyntbol uçun maydon va boşqa köplab attraksionlar mavjud.

Ta'kidlanişiça, köngiloçar boğ soat 9dan yarimtungça işlaydi. Kuniga unga örtaça mingga yaqin odam taşrif buyurmoqda. Boğga kiriş çiptasi 30 afğoniyni (40 AQŞ senti) taşkil qiladi. Attraksionlarga çiptalar esa alohida sotiladi. Bundan taşqari, boğda ovqatlanib, filmlar köriş uçun restoran va kinoteatrga aylantirilgan eski samolyot mavjud.