Bu safar anonsni biroz boşqaça tayyorladik, zero ayni palladan boşlab uçraşuvlarning afişasiga emas, turnir jadvaliga qarab tavsiya etamiz. Bu pallada ba'zi top-jamoalar öz maqsadlariga erişib yoki erişolmay, kelasi mavsum uçun tayyorgarlikni boşlaşadi, yoş öyinçilarga imkon berişadi, boşqa jamoalar uçun esa, oçkolar suv va havodek zarur böladi. Bu pallada yulduzli «Everton»dan köra, «Brayton» xavfliroq raqibga aylanib qoladi. Demak, kuçli beşlikdagi asosiy intrigalar haqida.
ISPANIYa
Mavsum tugaşiga 3 tur qoldi va bu yerda dastlabki uç örin sohiblari ham, çempion ham aniq bölib ulgurdi. Lekin La Ligada intriga butunlay tugadi, deb aytiş qiyin. Zero, Çempionlar Ligasi yöllanmasi uçun beriladigan 4-örin uçun kuraş va şuningdek, ligada öz örnini saqlab qolişga harakat qilayotgan autsayderlar örtasidagi raqobat ham davom etyapti.
Nazariy tomondan «Atletik»da ham imkoniyat bölsa-da, YeÇL yöllanmasi uçun amalda uç jamoa – «Xetafe», «Sevilya» va «Valensiya» kuraş olib borişmoqda. «Valensiya» 52, ya'ni raqiblaridan uç oçko kamroq jamğargan. «Sevilya» bugun, 3 may kuni (23:55) öz maydonida «Leganes»ni qabul qilsa, yakşanba kuni soat 15:00da «Xetafe» Madridda «Jirona» bilan kuç sinaşadi. «Valensiya» esa yakşanba kuni «Ueska» mehmoni böladi. Öyin soat 23:45da boşlanadi.
Qiziği, 4-örin uçun kuraşayotgan har uç jamoaning raqibi Ligada qoliş uçun raqobat qilayotgan jamoalardir. «Leganes» 42 oçko töplab, xavfli zonadan yetarliça uzoqlaşdi va qolgan uç turda 2 oçko olsa kifoya. «Ueska» esa aksinça, 31 oçko bilan turnir jadvalida eng oxirgi poğonada bormoqda va birgina öyinda oçko yöqotsa, rasman La Liga bilan xayrlaşadi. «Xetafe» mehmoni böladigan «Jirona» esa, «Valyadolid»dan 2 oçkogina köp jamğargan holda 16-örinni egallab turibdi. Demak, kataloniyaliklar uçun har bir oçko suv va havodek zarur böladi.
Mana şu uç öyin, hamda «Valyadolid»ning «Atletik»ka qarşi öyini sönggi turlar oldidan turnir jadvalidagi holatga jiddiy ta'sir körsatadi va har ikki kuraşdagi favoritlarni aniq belgilab beradi.

ANGLIYa
Angliyadagi bu yilgi çempionlik raqobati ajoyib keçmoqda. 90dan köp oçko jamğarib ham sovrinsiz qoliş holati APL tarixida birinçi marta röy beradigan böldi. Parallel ravişda öz öyinlarini yutib kelayotgan «Mançester Siti» va «Liverpul» şunday öynaşda davom etsa, örtadagi 1 oçkolik farq saqlanib qoladi va Gvardiola jamoasi qatorasiga ikkinçi marta mamlakat çempioniga aylanadi. Angliyada bunday holat, ya'ni ikki mavsum ketma-ket çempionlikka erişiş 2009 yildan beri röy bermayotgandi. «Liverpul» bu turda «Nyukasl» mehmoni bölsa, «Mançester Siti» «Lester»ni qabul qiladi.
















