Özbekiston Respublikasi Prezidenti Şavkat Mirziyoyev raisligida 2 may kuni «Har bir oila – tadbirkor» dasturi ijrosini sifatli taşkil etiş, aholini tadbirkorlikka keng jalb qiliş borasidagi işlar tahliliga bağişlangan videoselektor yiğilişi ötkazildi. Bu haqda prezident matbuot xizmati xabar bermoqda.
Ma'lumki, 2018 yil 7 iyunda Prezident qarori bilan «Har bir oila - tadbirkor» dasturi qabul qilingan, barça taşkiliy, moliyaviy çoralar belgilab berilgan edi. Joriy yil 7 martda bu boradagi yana bir muhim hujjat – davlatimiz rahbarining «Hududlarda aholini tadbirkorlikka keng jalb qiliş va oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirişga doir qöşimça çora-tadbirlar töğrisida»gi qarori qabul qilindi.
Uşbu qarorga muvofiq maqsadli jamğarmalardan qöşimça 5 trillion söm mablağ yönaltirildi. Umuman, tadbirkorlik taşabbuslarini qöllab-quvvatlaş uçun joriy yilda tijorat banklari orqali barça hududlarga 6 trillion 200 milliard söm yoki 700 million dollardan ziyod resurslar ajratildi.
Yiğilişda uşbu mablağlarni özlaştiriş qoniqarsiz taşkil etilgani yoki öz holiga taşlab qöyilgani ta'kidlandi. Jumladan, mart-aprel oylarida tikuvçilik, hunarmandçilik, parrandaçilik, baliqçilik, asalariçilikni rivojlantiriş, yengil konstruksiyali issiqxonalar quriş, maişiy xizmatlarni yölga qöyiş maqsadlariga yillik mablağlarning 19 foizi ajratilgan, xolos.

– Bu raqamlar tadbirkorlikni qöllab-quvvatlaş, pul ajratiş uçun mas'ul bölgan rahbarlar yil yakunini kutib ötirganidan dalolat beradi, – dedi Şavkat Mirziyoyev. – Oqibatda aholi, ayniqsa, yoşlar va xotin-qizlarni tadbirkorlikka jalb qiliş, bandligini ta'minlaş, oilalarning moddiy farovonligini yaxşilaş keçikmoqda.
Kreditlar ajratiş va özlaştirişni jadallaştiriş, sektorlar rahbarlari, tijorat banklari va jamoat taşkilotlarining bu boradagi mas'uliyatini oşiriş böyiça topşiriqlar berildi.
Kam ta'minlangan oilalarga alohida e'tibor bergan holda, ularni tadbirkorlikka örgatiş talab darajasida olib borilmayotgani qayd etildi.
Yiğilişda Oilaviy tadbirkorlikni qöllab-quvvatlaş markazlari faoliyati tahlil etilib, ularga yuklatilgan vazifalar – böş turgan maydonlarni qişloq xöjaligi mahsulotlari yetiştiriş, binolarni işlab çiqariş va xizmatlarni yölga qöyiş uçun tadbirkorlarga ajratiş işlari yetarli darajada taşkil etilmagani körsatib ötildi.












