Ukrainaning saylangan prezidenti Vladimir Zelenskiy Rossiya va Ukraina örtasida çegaradan bölak heç qanday umumiy narsa qolmaganini aytdi.
U Rossiya prezidenti Vladimir Putinning ikki davlat xalqlari örtasida köp umumiy jihatlar borligi haqidagi sözlariga şunday izoh berdi. Siyosatçining aytişiça, Ukraina Qrimdan ayrilgani va Donbassdagi tajovuzga uçragani sabab ikki davlat örtasida çegaradan bölak umumiy narsa yöq.
Zelenskiyning ta'kidlaşiça, Rossiya Ukrainaga har bir millimetr yerni qaytarib berişi kerak.
U, şuningdek, Ukrainaga neft mahsulotlari eksporti taqiqlanişi, Donbass aholisi uçun pasportlar berilişi punktlari oçilişi, ukrainalik dengizçilarning Kerç böğozida uşlanişi kabi Rossiya tomonidan qabul qilingan qarorlarni eslab ötgan. “Bunday munosabatlarni aniq qardoş deb bölmaydi”, deb aytgan bölğusi prezident.
29 aprelda Putin Zelenskiy bilan muzokaralar ötişi istiqbollariga töxtalib, rossiyaliklar va ukrainaliklar umumiy fuqarolikka ega bölsalar, bundan “faqatgina yutişlarini” aytgan. Bundan bir neça kun avval esa Rossiya prezidenti barça ukrainaliklarga soddalaştirilgan tartibda Rossiya fuqaroligini beriş ğoyasini aytib ötgan va Zelenskiyning keskin munosabatiga sabab bölgan. Ukrainaning bölğusi prezidenti bunga javoban Kiyev “zulmkor va korrupsiyalaşgan tuzumlardan aziyat çekuvçi barça xalqlar vakillariga” Ukraina fuqaroligi berilişini aytgan.













