Qadimdan, Yevropa va Şarq sivilizatsiyalari özaro tajriba almaşiş maqsadida mustahkam aloqalarni örnatişga intilgan.
Bugun Özbekiston, xususan, AKFA Medline tibbiyot markazi tibbiyot sohasida samarali hamkorlikni yölga qöyiş uçun döstona munosabatlarni yölga qöyişga intilmoqda.


3 may Baku şahrida Beşinçi Ozarbayjon - Germaniya - Turkiya - Özbekiston tibbiyot kongressining oçiliş marosimi bölib ötdi. Unda ozarbayjonlik, germaniyalik, turkiyalik dotsent va professorlar, şuningdek AKFA Medline klinikasi şifokor va mutaxassislari iştirok etişdi.
7 may kuni Xalqaro konferensiya birinçi marta bizning köp tarmoqli tibbiyot markazimizda öz faoliyatini davom ettiradi, söngra Buxoro şahriga yöl oladi.


Kongress doirasida laparoskopiya, umumiy jarrohlik, endoskopiya, ultrasonografiya, radiologiya, gistoskopiya, intensiv terapiya va boşqa sohalarda malaka oşiriş uçun turli xil treninglar, mahorat darslari taşkil etiladi.
Batafsil ma'lumotlarni saytimiz va ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz orqali oliş mumkin:
Sayt: www.akfamedline.uz
Telegram: t.me/akfamedline_uz
Facebook: fb.com/akfamedline
Instagram:










