Dastur Cleveland Clinic kampusi böylab sayohat, yetakçi şifokorlar va ma’murlar bilan uçraşuvlarni öz içiga oldi hamda iştirokçilarga rasmiy sertifikatlar topşiriş bilan yakunlandi. Özbekiston vakillarini AKFA Medline University Hospital’ning yetakçi mutaxassislari, jumladan, ixtisoslaştirilgan kafedralar va bölimlar boşliqlari, kasalxona boş direktori, asosiy ma’muriy yönalişlar rahbarlari taşkil etdi.

Kurs davomida Özbekiston vakillari tibbiyot muassasalarini boşqarişning zamonaviy usullarini örgandi: jamoaviy madaniyat va muloqotni şakllantirişdan tortib, klinik amaliyotga texnologiyalar va sun’iy intellektni joriy etişgaça. Ular klinik samaradorlik tizimi va sifatni uzluksiz yaxşilaş (CQI) tamoyillari bilan tanişdi, soğliqni saqlaşda xavfsizlik va işonçlilik madaniyati böyiça modullarni özlaştirdi, şuningdek, R.E.D.E. modeli asosida bemor tajribasi va u bilan muloqot qiliş usullarini çuqur örgandi.

Bundan taşqari, iştirokçilar tibbiyot biznesining moliyaviy va boşqaruv asoslarini amaliyotiy jihatdan örgandi, Cleveland Clinic kampusiga taşrif buyurdi, yetakçi şifokorlar va ma’murlar bilan tarmoqlaşuv uçraşuvlarida qatnaşdi hamda dastur yakunida rasmiy sertifikatlar bilan taqdirlandi.

Dastur iştirokçilarga noyob tajriba taqdim etdi: ilğor jahon amaliyotlari bilan tanişiş va Cleveland Clinic şifokorlari hamda ma’murlari bilan bevosita muloqot orqali örganiş imkoniyatini berdi. Özbekiston vakillarini CAU va AKFA Medline University Hospital’ning kardioxirurgiya, urologiya, yuqumli kasalliklarni nazorat qiliş, xalqaro aloqalar va tibbiy loyihalarni boşqariş uçun mas’ul bölgan asosiy klinik yönalişlar va ma’muriy bölinmalar rahbarlari taşkil etdi.

«Jamoamiz uçun bu şunçaki ta’lim emas, balki Özbekiston tibbiyoti kelajagiga sarmoya kiritişdir, — dedi AKFA Medline University Hospital boş direktori Azimjon Tursunqulov. — Cleveland Clinic’dan olgan bilim va könikmalarimizni CAU Hospital yangi universitet klinikasini loyihalaş va işga tuşiriş bosqiçidayoq qöllaymiz. Biz xalqaro standartlarni joriy etişga va bemorlarga jahon darajasidagi yordam körsatiladigan tizimni şakllantirişga intilamiz».