3 may kuni Özbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining ön töqqizinçi yalpi majlisi öz işini boşladi. Unda senatorlar, vazirlik va idoralar rahbarlari, ommaviy axborot vositalari xodimlari iştirok etişmoqda.
Yalpi majlis kun tartibiga 23 masala kiritilgan bölib, birinçi kuni ularning 15tasi körib çiqildi. Senatorlar işni «Davlat-xususiy şeriklik töğrisida»gi Özbekiston Respublikasi Qonunini muhokama qilişdan boşlaşdi.
Ma'qullangan qonunlar içida «Qişloq xöjaligiga möljallanmagan yer uçastkalarini xususiylaştiriş töğrisida», «Qayta tiklanuvçi energiya manbalaridan foydalaniş töğrisida», «Yaylovlar töğrisida»gi yangi qonunlar mavjud. Şuningdek, ayrim qonunlarga özgartiş va qöşimçalar kiritilişiga oid qonunlar ham ma'qullandi.
Özbekiston Respublikasi Markaziy banki raisi va Boş vazir örinbosari hisoboti tinglandi.
Kun.uz fotomuxbiri Senat yalpi majlisi davomida senatorlar faoliyatini suratlarga muhrladi.

Sirdaryo viloyati hokimi, senator Ğofur Mirzayev


















































