Venesuela prezidenti Nikolas Maduro harbiylarni AQŞ bostirib kiradigan bölsa mamlakatni himoya qilişga tayyor turişga çaqirdi, deb xabar berdi RT telekanali.
"Agarda Şimoliy Amerika imperiyasi bu muqaddas yerga tajovuz qilişga haddi siğadigan bölsa harbiylar mamlakatni qölda qurol bilan himoya qilişga tayyor turişlari şart", — dedi u Koxedes ştatida minglab yoş kadetlar bilan uçraşuvda.
30 aprelda Venesuelada davlat töntaruviga urinişdan keyin muxolifat vakillari öz yetakçilari Xuan Guaydo çaqiriğiga köra Karakas va boşqa ştatlar köçalariga çiqişdi. Politsiya bilan eng keskin töqnaşuvlar Karlota aviabazasi yaqinida bölib ötgan. Baza yaqinidagi otişmada 6 kişi jabrlangani ma'lum qilingan.














