Şimoliy Makedoniyada ötgan prezident saylovlarida hukmron Sotsial-demokratik ittifoq nomzodi Stevo Pendarovski ğolib böldi. Bu haqda mamlakat boş vaziri Zoran Zayev ma'lum qildi. 

Saylovlar 5 may kuni bölib ötgan. Unda 1,8 mlndan köproq kişi iştirok etiş huquqiga ega bölgan.

Saylovlar natijalariga köra, Pendarovski 423 mingdan köproq ovoz bilan ğolib bölgan, uning raqibi Gordana Silyanovska-Davkovaga 368 mingdan köproq ovoz berilgan.

Stevo Pendarovski 1963 yilda Skopeda tuğilgan. Huquqşunoslik fakultetini tamomlagan. Bir neça yil davomida mamlakat içki işlar vazirligining tahliliy bölimini boşqargan, mamlakatning ikki prezidentiga milliy xavfsizlik va taşqi siyosat masalalari böyiça maslahatçi bölgan. 2014 yildagi saylovlarda 2-örinni egallagan. Oxirgi vaqtda NATOga qöşiliş böyiça milliy koordinator lavozimini bajarib kelgan. 

Şimoliy Makedoniyada prezident funksiyalari asosan tantanalar va marosimlarda iştirok etiş bilan boğliq bölib, ijro hokimiyatiga boş vazir boşçilik qiladi.