Xitoy atom qurollarining yirik zaxirasiga ega bölgan mamlakatlarning yadro qurollarini qisqartiriş jarayonini tezlaştirişini taklif etadi, dedi Xitoy TIV rasmiy vakili Gen Şuan.

"Xitoyning yadro qurollari zaxirasi Rossiya va AQŞnikidan ança oz, ular oqilona miqdorda va milliy xavfsizlikni ta'minlaş vazifasiga mos keladi. XXR yadro qurollarini qisqartiriş maqsadida ötkaziladigan uç tomonlama muzokaralarda iştirok etmaydi", dedi u.

Gen Şuanning sözlariga köra, yadroviy zaxirasi yuqori bölgan mamlakatlarning bu qurollarni qisqartirişi boşqa davlatlarning ham qurolsizlanişi uçun şaroit yaratadi. 

U şuningdek, Pekin yadroviy salohiyatidan hujum maqsadlarida foydalanmasligini bildirdi.