9 may - Xotira va qadrlaş kuni munosabati bilan Toşkentda bayramona muşakbozlik ötkazilişi rejalaştirilgan.
Toşkent şahar hokimligi matbuot xizmati xabariga köra, poytaxt osmoni uzra salyut soat 21:00da otiladi.
“Uşbu şou uruş qatnaşçilari va faxriylarning yurt tinçligi va ozodligi yölida qilgan uluğ xizmatini şaraflaş maqsadida taşkil etilmoqda.
Bu bilan yoşlar ongiga 9 may – Xotira va qadrlaş kunining ahamiyatini singdiriş, ğalabaga öz hissasini qöşgan, vatanimiz mustaqilligi uçun jonini, kuç-quvvatini ayamagan har bir faxriy, har bir kişi xotirasi abadiylaştirilişi, ularga munosib hurmat-ehtirom körsatilişini tuşuntiriş va tarğib etiş közda tutilgan”, - deyiladi poytaxt hokimligi xabarida.












