«Özbekneftegaz»ning «Lukoyl» oldidagi 600 mln dollarga yaqin qarzdorligi bilan boğliq vaziyat nazorat ostida, dedi Özbekiston energetika vazirining birinçi örinbosari, «Özatom» agentligi boşliği Jörabek Mirzamahmudov.

«Bu ikki kompaniyaning özaro munosabati va bu munosabatlar özaro bir-birini tuşuniş asosida muvaffaqiyatli keçmoqda. Iste'mol ösişi munosabati bilan gaz olingan. Ammo vaziyat nazorat ostida. Tomonlarning kelişuviga muvofiq munosabatlar tartibga solinmoqda. Qarz bilan boğliq muammo yöq», – deb ma'lum qildi Mirzamahmudov jurnalistlarga.

Avvalroq «Lukoyl»ning qazib oliş böyiça katta vitse-prezidenti Azat Şamsuarov Özbekiston 2018 yilda Rossiya kompaniyasi oldida 600 mln dollarga yaqin miqdorda qarzdor bölib qolganini xabar qilgandi.

Şamsuarov qarzdorlik mahsulotni bölişib oliş töğrisidagi kelişuvda qazib olingan gaz töliq eksport qilinişi közda tutilgan bölsa ham, Özbekiston qazib olingan gazning bir qismini içki bozorga olib qolgani sababli vujudga kelganini ma'lum qilgandi.