Farğona şahrida viloyat faollari, vazirlik va idoralar rahbarlari, nuroniylar, tadbirkorlar iştirokida yiğiliş boşlandi.

«Özbekiston Respublikasi Prezidenti Şavkat Mirziyoyev sözining avvalida yiğilganlarni, butun xalqimizni Ramazon oyi hamda yaqinlaşib kelayotgan Xotira va qadrlaş kuni bilan tabrikladi», deyiladi prezident matbuot xizmati xabarida.

2018 yili Farğona viloyatida sanoat 8 foiz, xizmat körsatiş 9 foiz, özlaştirilgan investitsiyalar 1,5 barobar ösgani qayd etildi. Lekin aholi jon boşiga töğri keladigan yalpi hududiy mahsulot respublika körsatkiçidan ança pastligi, Qöştepa, Furqat, Oltiariq, Farğona, Yozyovon tumanlarida sanoat rivojlanmagani körsatib ötildi.

Şu bois viloyatni 2019-2020 yillarda rivojlantiriş böyiça umumiy qiymati 26 trillion 401 milliard sömlik 643 ta loyihadan iborat yangi hududiy investitsiya dasturi işlab çiqilgan. Mazkur dastur doirasida 2,5 milliard dollar töğridan-töğri xorijiy investitsiya özlaştiriladi va 31 mingdan ziyod yangi iş örni yaratiladi. 

Masalan, Beşariq tumanida «Farğona Yasin quriliş mollari» korxonasida 200 million dollarlik loyiha amalga oşirilib, joriy yilda 800 ming tonna va keyingi yildan 1,2 million tonna sement işlab çiqariş yölga qöyiladi. Qöqon şahrida «Indorama» kompaniyasining 70 million dollar töğridan-töğri sarmoyasi hisobidan Qöqon superfosfat zavodi modernizatsiya qilinib, fosforli öğit işlab çiqariş quvvatlari 100 ming tonnadan 375 ming tonnaga yetkaziladi. Uçköprik tumanidagi «Şaffof omadli sanoat» korxonasida jami 30 million dollar sarmoya hisobidan avtomobillar uçun yiliga 350 ming dona gaz ballonlari hamda 2020 yildan yuk kötaruvçi elektr karalar, mini-traktorlar va qişloq xöjaligi texnikasi uçun uskunalar işlab çiqariş taşkil etiladi. Bunday loyihalar köp.

Davlat rahbari mutasaddilarga dasturdagi har bir loyihani amalga oşiriş böyiça tarmoq jadvallarini tasdiqlab, ijrosini ta'minlaş yuzasidan topşiriqlar berdi.

«Farğona viloyati investitsiya olib keliş, sanoat va tadbirkorlikni rivojlantiriş böyiça bir yil favqulodda holatda işlaydi. Kelgusi yil may oyigaça hokimliklar ham, tegişli vazirliklar ham hisobot beradi. Bir yil şu tizimda işlasak, hammasi ayon böladi», - dedi Şavkat Mirziyoyev.