6 may kuni Pokiston poytaxti Islomobodda Özbekiston elçisi Furqat Sidiqov Pokiston senati raisi Sodiq Sanjariniy bilan uçraşdi.

Özbekiston taşqi işlar vazirligi matbuot xizmati ma'lumotlariga köra, uçraşuvda Özbekiston-Pokiston parlamentlararo hamkorligini kengaytiriş istiqbollari, savdo, investitsiya, logistika, turizm va madaniy-gumanitar sohalarda şeriklikni yanada mustahkamlaş imkoniyatlari muhokama qilingan.  

Ikki davlat örtasida tovarlarning uzilişlarsiz harakatlanişini yanada ta'minlaş maqsadida transport va logistika sohalaridagi hamkorlikka alohida urğu berilgan.  

“Senat raisi davlatlarimiz örtasida tovar aylanmasi oxirgi yillarda jadal ösganini mamnuniyat bilan qayd qilgan. Tomonlar Özbekiston va Pokiston örtasida özaro manfaatli sohalarda ikki tomonlama munosabatlarni yanada mustahkamlaş uçun ulkan salohiyat borligini ta'kidlab ötişgan”, deyilgan taşqi işlar vazirligi xabarida. 

Uçraşuvda qayd qilinişiça, tomonlar ikki davlat parlamentariylarining ikki tomonlama hamkorlikning şartnomaviy-huquqiy bazasini takomillaştirişdagi roli va amaliy iştirokini kuçaytirişlari lozim.

Suhbat davomida ikki davlatning mintaqaviy xavfsizlik masalalarida, jumladan Afğonistondagi vaziyatni tezlikda tartibga soliş borasidagi pozitsiyalari öxşaşligi qayd qilib ötilgan. Şu ma'noda Özbekistonning mintaqada barqaror tinçlikka erişişdagi taşabbuslari va sa'y-harakatlariga yuqori baho berilgan.

Uçraşuvda, şuningdek, Özbekiston-Pokiston kun tartibidagi boşqa masalalar körib çiqilgan.