2019 yil mart oyidan may oyiga qadar Samarqand avtomobil zavodi Afğoniston Islom Respublikasiga 78 dona avtomobil eksport qildi.

“SamAvto” zavodi va Afğoniston Xaridlar böyiça milliy idorasi örtasidagi hamkorlik 2018 yilda 121 dona tez yordam maşinasi (ambulans) yetkazib beriş böyiça şartnoma tuzilişi bilan boşlangandi. Yangi yilda yetkazib berilayotgan texnika turlari köpaydi va 11 dona ambulansdan taşqari, Afğonistonga samosvallar, sut taşuvçi maşinalar, kran-manipulyator, suğoriş-yuviş va kombinatsiyalangan suğoriş-öriş supuriş maşinalari ham jönatildi.

Foto: SamAvto

65 dona yangi texnika, Afğoniston hududiga kirib kelgaç, Kobul hokimligiga foydalanişga topşirildi, 2 dona sut taşiş maşinasi esa bolalar boğçasiga xizmat körsatişga yuborildi.

Afğonistonda mahsulotni ilgarilatiş maqsadida, “SamAvto” MÇJ va Ahmad Samir Ahmadi Ltd. kompaniyasi örtasida dilerlik kelişuvi imzolandi, unga köra uşbu kompaniya Afğoniston hududida texnikani sotişi, transport vositalariga kafolat va servis xizmatini körsatişi, ehtiyot qismlar yetkaziş bilan şuğullanişi mumkin.

Şuningdek, Samarqand avtomobil zavodida işlab çiqarilgan texnika Afğonistondagi potensial xaridorlar tanişişlari uçun Özbekiston tovarlari ekspozitsiyasi taşkil etilgan “Termiz-Kargo” hududiga qöyilgan.