Samarqand viloyati Past Darğom tumanidagi Uluğbek mahallasidan istiqomat qiluvçi fuqarolarning murojaatlaridan söng Kun.uz’da joriy yil 25 aprel kuni «Pastdarğomlik bezori mahalla tinçini buzmoqda: hokim, IIB boşliği va prokuror jim» sarlavhali material e'lon qilingandi.
Suriştiruvda fuqaro S.Ziyayevning mahalladagi bir neça kişiga nisbatan bezorilik harakatlari va boşqa qoidabuzarliklari haqida bayon qilingandi. Bundan taşqari, S.Ziyayev tomonidan mahalladagi umumiy foydalanuvdagi yölakning özboşimçalik bilan egallab olinişi tanqid qilingandi.
Joriy yil 6 may kuni Past Darğom tuman ma'muriy sudi raisi V.Fayzullayev raisligida bölib ötgan oçiq sud majlisida mazkur holat töliq örganib çiqildi. S.Ziyoyev Özbekiston Respublikasi MJtKning 183-moddasida nazarda tutilgan huquqbuzarlikni sodir etganlikda aybli deb topilib, 15 sutka ma'muriy qamoq jazosi tayinlandi.
Ziyayev tomonidan amalga oşirilgan yana bir qator qonunbuzilişlar böyiça esa fuqarolarning arizalariga asosan tuman prokuratura va IIB tomonidan tergov-suriştiruv harakatlari olib borilmoqda.














