Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari muhokamasi portalida Vazirlar Mahkamasining “Osiyo taraqqiyot banki iştirokidagi “Lokomotivlar parkini lokomotivlarni sotib oliş yöli bilan yangilaş” investitsion loyihasini realizatsiya qiliş çora-tadbirlari töğrisida”gi qarori loyihasi joylaştirildi.
Qayd etilişiça:
2019 yilda Osiyo taraqqiyot banki (OTB) Direktorlar kengaşi Özbekiston Respublikasiga temir yöllar samaradorligini oşiriş böyiça “Lokomotivlar parkini lokomotivlarni sotib oliş yöli bilan yangilaş” investitsion loyihasi doirasida, uning realizatsiyasi uçun, OTBning odatdagi resurslari hisobidan 25 yil söndiriş muddati bilan, şu jumladan 5 yillik imtiyozli davr ham, 170,0 mln. AQŞ dollari miqdorida qarz taqdim etişni ma'qulladi;
loyihani realizatsiya qiliş davri - 2019 - 2021 yy.;
Özbekiston Respublikasiga OTB qarzi Özbekiston Respublikasi bilan OTB örtasidagi qarz kelişuviga asosan taqdim etiladi;
Özbekiston Respublikasining loyihani realizatsiya qilişga qöşadigan hissasi 56,14 mln. AQŞ dollari ekvivalentini taşkil etadi, şu jumladan 45,06 mln. AQŞ dollari soliq va bojxona imtiyozlari körinişida taqdim etişdan, şuningdek, 11,08 mln. AQŞ dollari ekvivalentidagi “Özbekiston temir yöllari” AJ öz mablağlaridan iborat;
Özbekiston Respublikasi prezidentining “Xalqaro moliya institutlari va xorijiy hukumat moliya taşkilotlari iştirokidagi loyihalarni tayyorlaş va amalga oşiriş samaradorligini oşiriş çora-tadbirlari töğrisida”gi 2018 yil 16 iyuldagi PQ-3857-sonli qaroriga muvofiq, xarid qilinadigan tovar (iş, xizmat)lar va transport vositalari bojxona tölovlari (bojxona yiğimlari bundan mustasno), qöşilgan qiymat soliği, davlat maqsadli jamğarmalariga yiğimlar tölaşdan, Özbekiston Respublikasi rezidentlari bölmagan yuridik şaxslar, yuridik şaxslardan olinadigan foyda soliği, Özbekiston Respublikasi rezidentlari bölmagan jismoniy şaxslar, jismoniy şaxslardan olinadigan foyda soliği tölaşdan ozod etiladi.
Belgilab qöyilişiça:
“Özbekiston temir yöllari” AJ qarzdan maqsadli va samarali foydalaniş hamda loyihani realizatsiya qiliş uçun ijroiya organi va javobgar hisoblanadi;
OTB qarzini söndiriş, şuningdek, foizlar, komissiyalar va boşqa sarflarni tölaş bilan boğliq xarajatlar, “Özbekiston temir yöllari” AJ öz mablağlari hisobidan amalga oşiriladi;












