Respublikada yangi bosqiçda olib borilayotgan keng kölamli islohotlar bugungi kunda Kattaqörğon şahrida ham öz aksini topib bormoqda.

Xususan, şaharning 2018 yildagi ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanişini tahlil qiladigan bölsak, hududiy dasturlar asosida jami 65 ta loyiha amalga oşirildi va 700 ga yaqin yangi iş örni yaratildi. Taşabbuskorlarning öz mablağlari hiosbidan 61,1 mlrd, tijorat bank kreditlari hisobidan 30,6 mlrd söm va xorijiy investitsiyalar hisobidan 800,0 ming AQŞ dollarlik mablağlar özlaştirildi.

Şundan sanoat yönalişidagi 22 ta loyihaga 70,3 mlrd, xizmat kösatiş va servis yönalişidagi 43 ta loyihaga 23,7 mlrd söm mablağlar yönaltirildi va hududiy dastur ijrosi ta'minlandi. Buning natijasida mahalliy budjetga qöşimça jami 5,5 mlrd söm qöşimça mablağ tuşirildi.

Şuningdek, yangi turdagi sanoat mahsulotlari işlab çiqarilişi yölga qöyilişi orqali eksport salohiyati yanada oşirilib, şaharning eksport geografiyasi kengaytirildi va eksport körsatkiçi qariyb 2,0 mln AQŞ dollarga yetkazildi.

Joriy yilda ham uşbu çora-tadbirlar tizimli ravişda amalga oşirilib kelinmoqda.

Kattaqörğon şahrida 1991 yildan buyon yangi köp qavatli uy-joylar qurilmagan.  Ayni vaqtda şahar hududida obodonlaştiriş va bunyodkorlik işlari ham jadallik bilan olib borilmoqda.

2018 yilda kam ta'minlangan ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalar uçun «A.Temur» va «Gözalkent»  mahallalarida  2 tadan 5 qavatli uy-joy qurilib, foydalanişga topşirildi.

Ingiçka qörğonidagi ta'mirtalab bölgan 17 ta köp qavatli uy sud orqali şahar hokimligi balansiga ötkazildi va ta'mirlaş böyiça loyiha smeta hujjatlari işlab çiqilib, bugungi kunda ta'mirlaş işlari yakuniga yetkazilmoqda. Mazkur köp qavatli uy ta'mirlanişi natijasida Ingiçka qörğonidagi avariya holatda bölgan 3 ta 2 qavatli uyda yaşovçi 24 nafar oilalar yangidan ta'mirlangan uylarga köçiriladi, qolgan 16 tasi kam ta'minlangan, boquvçisini yöqotgan, uy-joyga muhtoj fuqarolarga ajratib berilişi rejalaştirilgan.