Bugun, 8 may kuni Moskvada «Zenit» hujumçisi Aleksandr Kokorin va uning ukasi Kirill, «Krasnodar» yarimhimoyaçisi Pavel Mamayev va bolalar futboli murabbiyi Aleksandr Protasovitskiy işi böyiça sud işi yakunlandi.
Presnya sudi hukmiga asosan, aka-uka Kokorinlar 1 yil-u 6 oy, Mamayev va Protasovitskiy 1 yil-u 5 oy muddat umumiy tartibli koloniyada jazo ötaşi belgilandi.
Ayblanuvçilar 2018 yil oktabr oyidan buyon tergov hibsxonasida saqlanayotgani, tergov izolyatoridagi bir kun koloniyadagi 1,5 kunga tenglaştirilgani hisobiga Mamayev va Protasovitskiy 2019 yil noyabr oyida, Kokorinlar esa dekabrda ozodlikka çiqişadi.
Jinoiy iş figurantlari 2018 yil 8 oktabr tongida Moskva markazida röy bergan ikkita muştlaşuvda iştirok etişgan, hodisa oqibatida haydovçi Vitaliy Solovçuk, Minpromtorg departament direktori Denis Pak va «NAMI» ilmiy markazi boş direktori Sergey Gaysin jarohat olişgan.











