Kun.uz saytida joriy yilning 2 aprel kuni «Keçlikka moğorlagan non. «Özneftgazquduqta'mirlaş» işçilari oğir şaroitlarda işlab, oylik olişmayapti» sarlavhali tanqidiy maqola e'lon qilingan edi.
Unda «Özneftgazquduqta'mirlaş» aksionerlik jamiyatining «Şörtan» uçastkasida işlovçi işçilar oğir şaroitdaligi, oylik maoşlarini öz vaqtda olişmayotgani va yana bir qator muammolar jurnalistik suriştiruv asosida yoritilgandi.
Tanqidiy maqoladan söng «Özbekneftgaz» AJ mazkur holatlar yuzasidan örganiş olib borgan, uning natijalari kompaniya saytida maqola yuzasidan «Özneftgazquduqta'mirlaş» aksionerlik jamiyati örganiş olib borilganini va işçilarning körpa-töşak, çoyşab, yostiqlari yangilangani, har bir mutaxassisga barça xavfsizlik qoidalariga va zavoddagi mehnat şaroitlariga mos yangi kiyimlar berilgani, işçilarning talab va istaklari bilan joriy yilning 19 aprel kunidan neft va gaz quduqlarini ta'mirlaş uçastka, sex va xizmatlarida bir oylik iş rejimidan 15 kunlik vaxta asosida 12 soatlik iş rejimiga ötkazilgani haqida ma'lumot bergan edi.
Ammo bu xabar ortidan «Özneftgazquduqta'mirlaş» AJ «Şörtan» uçastkasi işçilari saytga takroriy murojaat bilan çiqişib, maqoladan söng «Özneftgazquduqta'mirlaş» AJ rahbariyati va mas'ul xodimlari tomonidan bir neça işçiga bosim kuçaygani, ularga tazyiq ötkaziş boşlangani, majburlab tuşuntiriş xati yozdirişayotgani, yozmaganlarga esa işlaşga ruxsat berilmayotganini bildirişgandi.
Şundan söng tahririyat tomonidan bu borada takroriy örganiş olib borilib, 28 aprel kuni «Tanqidiy maqoladan söng işçilarga tazyiq ötkazildi(mi)? Kasaba uyuşmalari federatsiyasi va Mehnat vazirligi bu holatga qanday baho beradi?» nomli maqola berilgandi.
Mazkur maqolada keltirilgan holatlar Özbekiston neft-gaz va geologiya xodimlari kasaba uyuşmasi respublika kengaşi mas'ul xodimlari va «Özneftgazquduqta'mirlaş» aksionerlik jamiyati rahbariyati tomonidan muhokama etildi. Uşbu muhokamada taklifga binoan biz ham iştirok etdik.



















