Kun.uz saytida joriy yilning 2 aprel kuni «Keçlikka moğorlagan non. «Özneftgazquduqta'mirlaş» işçilari oğir şaroitlarda işlab, oylik olişmayapti» sarlavhali tanqidiy maqola e'lon qilingan edi.

Unda «Özneftgazquduqta'mirlaş» aksionerlik jamiyatining «Şörtan» uçastkasida işlovçi işçilar oğir şaroitdaligi, oylik maoşlarini öz vaqtda olişmayotgani va yana bir qator muammolar jurnalistik suriştiruv asosida yoritilgan edi.

Tanqidiy maqoladan söng «Özbekneftgaz» AJ mazkur holatlar yuzasidan örganiş olib borgan, uning natijalari kompaniya saytida e'lon qilingandi.

«Özbekneftgaz» AJ uşbu maqolada keltirilgan muammolarni joyiga çiqib bir guruh işçilar bilan uçraşgan holda örgandi.

«Şörtan» uçastkasidagi posyolka va uçastkaga qaraşli quduqlarni ta'mirlaş işçilarini oziq-ovqat bilan ta'minlaş hozirça ularning istaklari asosidagi kelişuv bilan amalga oşirilmoqda. Ya'ni, işçilar korxona rahbariyatiga ovqatlaniş uçun pul tölanişi va oziq-ovqat mahsulotlarini har bir guruh işçilari özlari kelişgan holda taşkil etişlari töğrisida taklif kiritgan. Korxonaning jamoaviy şartnomasiga tuzatişlar va qöşimçalar kiritilib, unga köra xodimlarga plastik kartoçka orqali kompensatsiya puli tölab kelinmoqda.

Şuningdek, işçilarning körpa-töşak, çoyşab, yostiqlari yangilandi. Bundan taşqari, har bir mutaxassisga barça xavfsizlik qoidalariga va zavoddagi mehnat şaroitlariga mos yangi kiyimlar berildi.

Jamiyatning quduqlarni ta'mirlaş uçastkalarida işlovçi xodimlarning talab va istaklari bilan joriy yilning 19 aprel kunidan «Özneftgazquduqta'mirlaş» AJning neft va gaz quduqlarini ta'mirlaş uçastka, sex va xizmatlarida bir oylik iş rejimidan 15 kunlik vaxta asosida 12 soatlik iş rejimiga ötkazildi.

Şuni ham ta'kidlab ötiş kerakki, «Özneftgazquduqta'mirlaş» AJ tarkibidagi korxonalarni töliq iş bilan ta'minlaş maqsadida 2019 yilning ikkinçi çoragida 600ta quduqni ta'mirlaş yuzasidan zarur şartnomalar imzolangan.