«Özneftgazquduqta'mirlaş» aksionerlik jamiyati va «Muborakneftgaz» MÇJda rahbarlar özgardi.

«Özbekneftgaz» AJ matbuot xizmati xabar berişiça, «Özneftgazquduqta'mirlaş» AJ direktori vazifasini vaqtinça bajaruvçi lavozimiga Abdulla Şermatoviç Normatov tayinlandi. 

U bu lavozimda Imom Zokiroviç Magomedov örnini egalladi.

Abdulla Normatov

Abdulla Normatov bungaça «Ğissorneftgaz» Özbekiston-Şveytsariya qöşma korxonasi boş direktori lavozimida faoliyat yuritgan.

«Muborakneftgaz» MÇJning boş direktori lavozimiga  Bekzod Boboquloviç Narziyev tayinlandi.

U bu lavozimda köp yillardan buyon işlab kelgan Qahramon Hamroquloviç Qurbonov örnida iş boşladi.

Bekzod Narziyev

Bekzod Narziyev bungaça «Jarqörğonneft» AJ boşqaruvi raisi lavozimida işlagan.

Şuningdek, Jizzax viloyati böyiça gaz ta'minoti hududiy filialining beş nafar xodimi öz faoliyatlaridagi huquqbuzarlik va kamçiliklar uçun egallab turgan lavozimlaridan ozod etilgan.