Ötgan hafta göyo bir guruh ziyolilar Özbekiston qonunçiligiga özgartiş kiritib, rus tiliga rasmiy maqom beriş böyiça murojaat bilan çiqqanligi haqida xabar tarqaldi.

Taklif OAVda e'lon qilingaç, u özbek jamiyatida juda jiddiy rezonans berdi, köpgina noroziliklarni keltirib çiqardi. Özbek ziyolilari, rahbarlardan tortib oddiy fuqarolargaça bu borada öz fikrlarini bildirişdi va bu munozara hamon davom etmoqda. Kun.uz bahsli fikrlar markazida turgan insonlardan biri, murojaat mualliflaridan biri deb aytilayotgan Bernora Qoriyeva bilan intervyu taşkil qildi.

Video: Mover (tas-ix)

Video: Youtube

«Oxirgi vaqtlarda özim haqimda hayron qolarli gaplarni eşityapman. Göyoki men şunday gaplarni aytgan emişmanki, bu gaplarni hatto gumon ham qilmaganman, men aytgan bölişim mumkin emas. Şuning uçun bugun bu haqida töğridan töğri ba'zi narsalarni aytib ötmoqçiman.

Men, albatta, ular tayyorlagan matnni körganim yöq. Imzo qöyiş uyoqda tursin, hatto körganim ham yöq, u nima haqida ekanini ham bilmayman. Agar u yerda mening imzom turgan bölsa, demak, kimdir qöl qöygan. Aftidan, bunga qonun yöli bilan javob beriş kerak.

Jurnalistlar haqida ikki oğiz gapirişni istardim. Ularga köp narsa boğliq, çunki xalqqa yaxşilik keltiriş, odamlarga nima bölayotganini tuşuntiriş maqsadida yoziş uçun qöllariga qalam berilgan. Ular xalqni yolğonga olib boradigan sözlarnigina tanlab olmasliklari kerak. Bu yerda, albatta, jurnalist tilining ham aybi bor.

Til masalasiga kelsak, bu – eng muhimi. Menga aytişlariça, u yerda rus tiliga rasmiy til maqomini beriş haqida gap ketgan. Axir bu absurd-ku. Har bir mamlakat albatta öz davlat tiliga ega böladi. Axir es-huşim joyida, Özbekistonda özbek tili [davlat tili ekanini] juda yaxşi anglayman. Özim özbek tilida gapirmasam ham, özbekçani tuşunaman. Men buni amalga oşiriş [rus tiliga rasmiy til maqomini beriş] umuman imkonsiz narsa deb hisoblayman. Rus tili – bizning odatiy kundalik hayotdagi muloqot tilimiz.