Respublika Davlat sanitariya epidemiologiya nazorat markazi ijtimoiy tarmoqlarda “Buxoroda tört kişi Qrim-Kongo kasalligiga çalinganligi” töğrisida berilayotgan xabarlarga aniqlik kiritdi.

Davlat sanitariya epidemiologiya nazorati respublika markazining Kun.uz’ga xabar berişiça, har yili bahor va  yoz mavsumida köplab mamlakatlarda bölgani kabi Markaziy Osiyo mintaqasi davlatlarda ham Qrim-Kongo gemmoragik isitma kasalligi qayd etilişi kuzatib turiladi. Joriy yilning ötgan davri mobaynida Buxoro viloyatining Qoraköl va Jondor tumanlarida 4 nafar kişi uşbu  kasallikka çalingani gumon qilinib, yuqumli kasalliklar şifoxonasiga yotqizilgan. 

Kasallikni kelib çiqişi sabablari örganilganda, bemorlarning barçasi çöl hududlarida çorva mollarini boqiş va ularni parvarişi bilan şuğullanib kelgan fuqarolar ekanligi ma'lum bölgan. Qrim-Kongo gemorragik isitma kasalligi ularga kana çaqişi, kanani himoyalanmagan qöllar bilan çorva mollaridan olib, ezib öldirilişi va qöy qirqim vaqtida kana çaqişi orqali yuqqanligi aniqlangan.

Uşbu kasallik  bilan xastalangan bemorlar viloyatdagi yuqumli kasalliklar şifoxonalariga yotqizilib, barça zaruriy davo muolajalari ötkazilgan. Bemorlar qisqa vaqt içida butunlay  soğayib, yaxşi ahvolda şifoxonadan uyiga javob berilgan.

Kasallik öçoqlarida sanitariya-epidemiologiya va veterinariya xizmatlari mutaxassislari tomonidan epidemiyaga va epizootiyaga qarşi çora-tadbirlar ötkazilgan.  Natijada odamlar örtasida kasallikni tarqalib ketişiga yöl qöyilmagan. Mamlakatda odamlar örtasida Qrim-Kongo gemorragik isitma kasalligini oldini oliş böyiça samarali profilaktik çora-tadbirlar amalga oşirilib, bu tadbirlar qat'iy nazoratga olingan, deyiladi xabarda.