Venesuela parlamenti spikeri Xuan Guaydo AQŞ tomonidan harbiy aralaşuv bölişiga rozilik berişi mumkinligini bildirdi.

"Agarda aralaşuv inqirozni hal qiladigan bölsa, balki unga rozi bölişim mumkin", – dedi u Italiyaning La Stampa gazetasiga bergan intervyusida.

"Bu imkoniyatlardan biri. Biz saylovlar yölini tanladik, ammo xalq aziyat çekmoqda va biz bunga mos ravişda barça variantlarni körib çiqişimiz lozim", - dedi Guaydo.

Venesuelada 21 yanvar kuni prezident Maduroga qarşi ommaviy namoyişlar boşlandi. AQŞ boşçiligidagi qator Ğarb davlatlari Guaydoni vaqtinçalik prezident deb tan oldi.  Rossiya, Xitoy, Turkiya va boşqa davlatlar Maduroni qöllab-quvvatladi.

30 aprel kuni muxolifat davlat töntarişini amalga oşirişga urindi. Ammo bu uriniş muvaffaqiyatsiz böldi.