Rossiyaning Leningrad oblasti Vsevolojskiy tumani, Romanovka qişloği yaqinidagi örmonda kaboblarni tayyorlaş jarayoni ikki nafar migrant uçun şifoxona va kuyiş jarohati bilan tugadi.

Region online ma'lumotlariga köra, Özbekistonning 22 va 24 yoşli ikki fuqarosi 8 may, çorşanba kuni, soat 4:40larda I.I.Janelidze nomidagi Tez tibbiy yordam ilmiy-tadqiqot institutiga olib ketilgan. Nisbatan yoşroq bemorning boşi, qöllari va oyoqlari kuygan. Uning olgan kuyiş jarohati tana yuzasining 15 foizini taşkil qiladi. Yoşi kattaroq migrantda jiddiy kuyiş jarohati bor - tanasining 30 foizi.

Uşbu ikki fuqaro sözlariga köra, erta tongda kabob tayyorlaş maqsadida örmonga borişgan. Biroq, ular yoqilği suyuqligini tasodifan tökib yuborişgan, şundan söng ustki kiyimlari yonib ketgan.