Bugun, 11 may kuni Superligada 8-tur öyinlari davom ettiriladi. Turning markaziy bahsida «Paxtakor» Namanganning «Navbahor» klubini qabul qiladi. Ötgan haftada öz stadionida ilk öyinni ötkazgan «Navbahor» hozir yaxşi holatda. «Persepolis»ni yengib, Osiyo Çempinolar Ligasida guruhdan çiqişni deyarli eplagan «Paxtakor» esa undan ham yaxşiroq holatda. Şu sabab öyin juda qiziqarli keçişi kutilmoqda.
«Paxtakor» ötgan turdagi «Lokomotiv»ning mağlubiyatidan foydalanib ikkinçi örindagi jamoa bilan farqni 3 oçkogaça yetkazdi va Arveladze şogirdlari özlarini biroz xotirjam his qilişlari mumkindek köringandi. Ammo ötgan mavsumda «Paxtakor»ni yengişni uddalagan namanganliklar bu işni yana eplaşsa, poytaxtliklar yetakçilikni boy berişlari ham mumkin.
Andrey Kançelskis nihoyat Namanganda öz jamoasini tuza olgan körinadi. «Navbahor» mavsum avvalida tuşunarsizdek köringandi, lekin hozir jamoa ança öziga kelib oldi. Balki Kançelskis ser Aleksning kiyiniş xonasidagi gaplarini yodga olib, yigitlariga yangi motivatsiya topib bergandir. Möminjonov davridagi «Navbahor» ham kuçli edi, lekin Kançelskisning jamoasi salobatliroq körinmoqda.
«Navbahor»da öynayotgan legionerlar ham özini oqlayotganini aytiş kerak. Aleksandr Kasyan çempionat töpurarlari qatorida bormoqda. Slavko Lukiç qanot himoyaçisi bölişiga qaramay, oxirgi öyinlarda mudofaa markazida yaxşi öynamoqda. Yetmaganiga u ajoyib gollar urmoqda. Solovyov esa tezligi va ajoyib reydlari bilan ajralib turibdi. Bir söz bilan aytganda, «MYu» sobiq futbolçisi «Navbahor»ni kuçli jamoaga aylantira olgan.
«Paxtakor» esa hozir ayni futboldan zavqlanadigan pallada. Arveladze şogirdlari OÇLning amaldagi finalçisi, Eronning amaldagi va katta ehtimol bilan bölajak çempionini musobaqadan çiqarib yuborib, özlari nimçorak final yöllanmasini deyarli hal qilişdi. Şu sabab «Paxtakor» hozir har qanday jamoani yançib taşlaydigan holatda. Ayniqsa Igor Sergeyevning hal qiluvçi golni urgani muhim böldi. «Paxtakor» endi Bikmayev va Çeran qatorida çinakamiga yana bir hujumçiga ega böldi desak böladi. Sergeyev katta öyindagi goli bilan katta futbolga qaytdi.
Jaloliddin Maşaripovning qanday holatda ekanini köryapsiz. U ayni damda Özbekistonning eng yaxşi futbolçisi desak, qöşilsangiz kerak. Umuman, butun «Paxtakor» hozir yaxşi holatda va asosiysi yaxşi kayfiyatda. Özbek futboli şarafini xalqaro maydonda munosib qilayotgan «şerlar»ni mahalliy muxlislar yana yaxşi körib qolişmoqda. Ammo jamoa Çempionlar Ligasiga qaraganda içki öyinlarda köproq qiynalayotgani ham bor gap. Çunki hali mağlubiyat nimaligini bilmayotgan «Paxtakor»ni birinçi bölib mağlub etişni hamma xohlaydi.
«Paxtakor» – «Navbahor» öyini 19:45 da «Paxtakor» stadionida boşlanadi. Stadionga öyinni tomoşa qiliş uçun kelgan rözador muxlislar uçun «Paxtakor» iftorlik uyuştirişini ham ta'kidlaş kerak. Muqaddas Ramazon oyining farz ibodatini ado etayotgan muxlislar rözalarini sevimli jamoalarining öyinini tomoşa qilib oçişlari mumkin. Öyinga kiriş bepul va stadionga kirgan muxlislar smartfon yutib olişlari mumkin. Tanaffus vaqtida ikkita smartfon öynaladi.













