11 may kuni ertalab «Davr bank»ning Uçtepa filiali mijozlariga turli vaqtlarda qabul qilingan, ammo hisob varağiga yozilmagan pullarni qaytarib bera boşladi. Bu haqda Nuz.uz naşri xabar berdi.
Zarar körgan omonatçilarning sözlariga köra 9 may kuni bank ularga pullar qaytarib berilişi xabar yöllagan. Markaziy bank fuqarolar murojaatiga köra röyxat tuzgan va uni «Davr» bank boşqaruvçisiga taqdim etgan.
«Yaqindagina biz bank xodimlariga pasportimizdan nusxa va bank kassasiga qilgan tölovimizning kvitansiyasini qoldirdik. Bugun ertalabdan bank biz bilan şartnoma tuzdi. Soat 11ga yaqin bizning pulimizni qaytara boşladi», — deydi bank omonatçilaridan biri Saodat Töraxonova Nuz.uz muxbiriga.

Eslatib ötamiz, 7 may kuni «Davr bank»ning Uçtepa filiali kassiri va kredit bölimi xodimi katta miqdordagi summani ömarişda gumon qilinib, qölga olingani haqida xabar tarqalgandi. Toşkent şahar IIBB ma'lumotida 20 nafardan ortiq jabrlanuvçilardan ariza kelib tuşgani, aldangan omonatçilarning soni kundan-kunga oşib borayotgani aytildi. Mazkur holat yuzasidan Uçtepa tumani IIB FMB tomonidan Özbekiston Jinoyat kodeksining 168-moddasi 3-qismi «a» bandi (Firibgarlik) böyiça jinoyat işi qözğatilgan.
1 may kuni ularga ayblov e'lon qilingan va öşa kunning özida ayblanuvçilarga nisbatan jinoyat işlari böyiça Uçtepa tuman sudi tomonidan hibsga oliş körinişidagi ehtiyot çorasi qöllaş ajrimi çiqarilgan. Hozirda uşbu jinoyat işi böyiça Toşkent şahar IIBB huzuridagi tergov boşqarmasi tomonidan tergov işlari olib borilmoqda.
Öz navbatida bank boşqaruvçisi bu voqeaga bankning aloqasi yöqligini hamda tergov tugamaguniça heç kimning puli yöqolib qolmasligini, çunki jabr körganlar bank mijozlari emasligini ma'lum qilgandi.
Bank boşqaruvçisi va huquqşunos fuqarolarga huquqni himoya qiliş organlariga murojaat qilişlarini tavsiya qilgandi.
8 may kuni Markaziy bank «Davr bank» XATB Uçtepa filiali xodimlarining xatti-harakatlari böyiça fuqarolardan kelib tuşayotgan e'tirozlar bilan boğliq masalalar yuzasidan ma'lumot berdi. Unga köra, agar «Davr bank» zarar körganlarga öz omonatini qaytarmasa bank va uning rahbariyatiga qat'iy sanksiyalar joriy etilişi haqida ogohlantirildi.












