Rosti, bu mavzuda yozişga özim ham köp öylandim. Çunki ma'naviyatimizda uyatli mavzularda söz yuritiş yöq. Lekin şunday holatlar borki, men aytmasam, siz aytmasangiz, bu yanada urçib boraveradi...

Xullas, har kuni duç keladiganimiz bir uyatli holatga e'tiboringizni qaratmoqçiman:

Yölda maşinada ketayotib, maşinasini şundoq yöl çetiga töxtatib, keçirasiz, tik turvolib hojat çiqarayotganlarni tez-tez köramiz. Maşinada oilangiz bilan ketayotib közingizni qayerga yaşirişni bilmay qolasiz. Kap-katta odamlar yöl çetida, sal nariroqqa ham bormasdan, namoyişkorona, boşqalarga bepisand holda hojat çiqarayotganini deyarli har kuni uçratamiz. Ba'zida yöl çetida 4-5 nafar kap-katta odam qatorlaşib turib... Bu şarmandalik-ku!?

Ğizillab ötayotgan maşinalarda onalarimiz, qizlarimiz, kelinlarimiz bor-ku, uyalmaymizmi? Ğijinamiz, uyalamiz, içimizda sökinamiz, lekin töxtab gapirmaymiz.

Şaharlararo yöllarimizning deyarli hammasi xalqaro hisoblanadi. Harakatlanayotgan har uçta maşinaning birovi xorijniki. Ulardagi sayyoh yoki haydovçilar ham kulib, ham ijirğanib, ham sökib ötsa kerak. Demak, jahon ayvonida ham neçoğlik madaniyatli, farosatli ekanligimizni namoyiş etyapmiz.

Hindiston davlatiga borib kelganlar ularning befarosatligini gapirişganda, özimiznikini aytib bir neça marta uyaltirganman. «Birovga kulma zinhor...»

Davrasi kelsa «uluğ ajdodlar yurtidanmiz», «asl madaniyat öçoğidanmiz», «bobolarimiz undoq, yoşlarimiz bundoq...» deb ayyuhannos solişga ustamiz. Lekin sal pardani oçib real hayotga bir nazar solaylik!

Bu borada qöşnilarimizdan örnak olsak arziydi. Qozoğiston hududida yölga çiqindi taşlaş, ayniqsa, yöl çetiga maşinani töxtatib, hojat çiqariş qat'iyan mumkin emas! Bu holat uçun qonun bilan jazo tayinlangan. Bir neça yuzlab kilometr çöllarda yurib ham biror marta avtomaşinasidan sigaret yoki ovqat qoldiği, baklaşka yoki boşqa çiqindi uloqtirayotgan, maşinasini töxtatib hojat çiqarayotgan odamni körmaysiz. Bölmasa u yerda ikki-uç yuz kilometrlab kimsasiz çöllar bor. Birinçidan, odamlar qonunga rioya qiladi, ikkinçidan, doim harakatdagi «jol politsiyasi» kelib qolişi mumkin, uçinçidan, ötayotgan yölovçi maşinadagilar birinçi uçragan «jol politsiyasi»ga siz haqingizda xabar berib ketişadi. Ana sizga jamoatçilik nazorati! Yöl çetiga har qanday holatda töxtasangiz, ötayotgan maşinadagilar diqqat bilan qarab ötayotganini sezib turasiz.

Lekin yöllarning ma'lum qismida hojatxonalar, çiqindi qutilari, ulardan ança oldin esa bu haqda ogohlantiruvçi belgilar bor. Yöldan bir çetda kattagina maydon. Avtomaşina bilan kirasiz, bir tomonda hojatxona, ikkinçi tomonda yengil tamaddixona va kerakli narsalar sotadigan dökonçalar, bir tomonda ötirib ovqatlanadigan şiypon va uning sal nariroğida kattagina çiqindi qutisi. Demak, heç kimga xalal bermasdan töxtab, dam olib, tamaddi qilib, «yengillaşib», jismoniy tarbiya qilib oyoq-qölning çigilini yozib, yana yölda davom etasiz. Bir neça yuzlab kilometr çöllarda şunday şaroitlar qilingan.

Bizda unaqa çöllar yöq-ku? Har qadamda - har bir AYoQŞlarda, çoyxona-yu dökonlarda zamonaviy hojatxonalar işlab turibdi, tekin. Şaroit keragidan ortiq.

Katta yöl böyida maşinamiz «metan zapravka»dan çiqişini  kutib turgandim. Şu yerda «zapravka»ning yaxşi şaroitdagi hojatxonasi işlab turibdi. Atrofda odamlar... Yölning narigi tomoniga bir «Neksiya» töxtadi-da, haydovçi maşinasining ortiga ötib, köçaning özida namoyişkorona tik turib hojat çiqara boşladi. Hamma «iye, iye» deb qoldi. Şunda hojatxonaçi yigit çidolmadi:

- Hoy aka, mana tualet! Keling, tekin! Kap-katta odamsiz... – degandi boyagi odam gavdasi bilan unga ögirilib «işini» davom ettirdi!.. Oraliq 15 metrli asfalt yöl. Hamma ijirğanib boşqa tomonga ögirildi. Qonun heç narsa qilolmagani uçun bir betayin jamiyatni bulğayapti! Ikki marta yaxşigina jarima tölasa yoki 15 sutkaga qamalsa bunday qilolmaydi! Radarlar çiqqandan keyin uçar şofyorlar jarima tölayverib, öpkasi bosilib qoldi-ku!

Qozoğiston Atirau viloyatida bir özbekistonlik belgilanmagan joyda kiçik hojat çiqarganini politsiya körib qoldi va hujjatini olib qöyib rosa ovora qildi:

- Sen qozoq yerini bulğading, demak qozoqlarni ham oyoqosti qilding! Seni sudga topşiraman! - deb turib oldi.

Beçora özbek:

- Böpti, sudga topşirsang qança jarima böladi? Hozir şuni birdan tölayman, - degandi. Politsiyaçi:

- Bunga jarima yöq! Sen 20 kunga qamalasan, zakon şunday! – deb turib qanaqadir hujjatlar körsatdi.

Şörlik boşqa politsiyaçilarga, ya'ni uning şeriklariga (pul taklif qilib, albatta) iltimos qiluvdi, ular ham «Har qanday işni hal qilaman, lekin buni emas, özimni, yurtimni haqorat qilgan bölaman», deb aralaşmadi! Xullas, biror soatlar «Mazam yöq, peşobimni tutib tura olmayman», deb yalinib, 100 dollardan ziyodroq pul tölab zörğa qutuldi. Lekin qutulgançayam bölari böldi. Bu şaxsan özim guvoh bölgan holat.

Rossiya yöllarida ham hojatxona masalasiga jiddiy qaraladi. Yölning ma'lum masofalarida, «zapravka», kafe va kempinglarda albatta hojatxonalar bor. Yöllarda hojat çiqarişga qonuniy jazo bormi, yöqmi, bilmadim, bu öta madaniyatsizlik hisoblanib, odamlar şuni öziga ep körmaydi. Rossiyaga Astraxan tomondan kirib, Volgograd orqali Moskvagaça borib, qaytişda Moskvadan Vladimir, Nijniy Novgorod, Kozon, Samara şaharlari orqali keldik. Şaharlardan ham, bepoyon örmonlardan, kimsasiz kengliklardan ham ötdik. 3,5 ming kilometrdan köp yöl bosdik. Lekin biror joyda yöl çetida hojat çiqarayotgan odamni körmadik. U yoqda ham odam köp, avtomaşinalar qatorma-qator, ulardagi yölovçilar ham odam. Lekin haqiqatan odam!

Bizda 10 kilometr yursangiz 15 befarosatni körasiz. Nega? Şunçalik ma'naviy qaşşoqmizmi?

Men bu masalani bir neça jurnalist hamkasblarga, hattoki Toşkentdan kelgan deputat döstlarimga aytdim. Jimjitlik.

Vaholanki, bu yoqimsiz va şarmandali holatga qarşi kuraşiş umuman qiyin emas. Matbuotda, ijtimoiy tarmoqlarda tarğib qilinsa, bugungi ramazonga bağişlangan telesuhbatlar, körsatuvlarning bir soni şunga bağişlansa böldi. Şuningdek, içki işlar organlari, ayniqsa YPX beş-olti kişini jarimaga torsa bas. Hamma birdan huşyor tortadi. Jarima uçun ma'muriy qonunçilikda birorta modda töğri kelsa kerak. Bölmasa kiritiş kerak!

Mavridi kelganda yana bir gap. Oldingizda ketayotgan maşinadan har lahzada çöği öçmagan sigareta qoldiği, baklaşka, bir hovuç pista pöçoği yoki yana nimalardir uçib qolişi mumkin. Bunga ham har kuni duç kelamiz. Hattoki, uyidan olib çiqqan bir paket çiqindisini yölga otib ketadiganlar ham, afsuski, yöq emas. 

Jamiyatda keng qamrovli islohotlar ötkaziş katta masala. Lekin muammolarimizni, madaniyatimizdagi doğlarni asta-sekin bartaraf qilib borsak, maqsadga muvofiq böladi. Şu örinda jamoatçilik nazorati ham juda muhim. Mahalla faollari öz hududida şunday salbiy holatga qarşi kuraşsa, bir-ikkitasini uyaltirsa, ayniqsa şofyorlariga tuşuntirsa, albatta foydasi böladi.

Eng muhimi, millatni şarmanda qilayotgan bu illatga qarşi kuraşişga davlatning katta-katta mablağlari, davlat dasturlari şart emas.

Sadriddin NABIYeV,

jurnalist.