Venesuela muxolifati yetakçisi Xuan Guaydo AQŞdagi vakili Karlos Vekkoga AQŞ Qurolli kuçlari Janubiy qömondonligi rahbari admiral Kreyg Foller bilan uçraşişga körsatma berdi.  

"Biz elçimiz Karlos Vekkoga hamkorlik masalalarini muhokama qiliş uçun zudlik bilan Janubiy qömondonlik rahbari bilan uçraşişga körsatma berdik", - deya iqtibos keltiradi TVV kanali Guaydodan.

U şuningdek, Kolumbiya rahbari Ivan Duke bilan telefon orqali muloqot ötkazganini ma'lum qilgan.

30 aprel kuni Guaydo boşçiligida bir guruh harbiylar isyon kötarişdi va namoyişlar bölib ötdi. Namoyişlar vaqtida bir neça yuz kişi jarohatlandi, beş kişi halok böldi.