12 may kuni Litvada prezident saylovlari bölib ötmoqda. Şu munosabat bilan 2 mingga yaqin saylov uçastkasi öz işini soat 7dan boşlagan va 20gaça davom ettiradi.
Saylovlarda 2,5 mln kişi iştirok etadi. Prezident lavozimiga 9 nomzod da'vogarlik qilmoqda. Ijtimoiy sörovnomalar natijalariga köra, 54 yoşli iqtisodçi Gitanas Nauseda, 44 yoşli sobiq moliya vaziri Ingrida Şimonite va 48 yoşli amaldagi boş vazir Saulyus Skvernyalis prezident lavozimiga asosiy da'vogarlar hisoblanadilar. Amaldagi prezident Dalya Gribauskayte ikkinçi muddatini tamomlayotgani sababli uçinçi muddatga prezident lavozimiga da'vogarlik qila olmaydi.
Ğalaba uçun nomzodlardan biri 50 foizdan köproq ovoz töplaşi lozim. Aks holda 2 haftadan keyin saylovlarning 2-bosqiçi bölib ötadi.
Şuningdek, mamlakatda prezident saylovlaridan taşqari, ikki fuqarolikni kiritiş va deputatlar korpusini 15 foizga qisqartiriş böyiça referendumlar ham ötkazilmoqda.
Litvada prezident 5 yilga saylanadi. Amaldagi prezident uşbu lavozimni 2009 yildan beri egallab kelmoqda.












