
Qaysi içimlik köproq tetiklantirişi va soğliqdan xavotirlanmay qança içiş mumkinligiga oydinlik kiritamiz.
Kofein – tabiiy modda, u 60 ta ösimlik tarkibida mavjud. U çoyda ham, qahvada ham, kakaoda ham bor. Kofeinsiz içimliklarni hisobga olmaganda qahvada uning miqdori köproq.
Bir stakanda qança milligramm kofein mavjudligini aniq aytiş imkonsiz. U bir neça omillarga boğliq.
- Birinçidan, qahva ham, çoy ham navi, işlov beriş usuli va hatto tayyorlaş usuliga qarab barg va donlardagi kofein miqdori turliça böladi.
- Ikkinçidan, finjon – keng tuşunça. Kimdir espressoni standart porsiyada içadi, yana kimdir esa yarim litrli idişga çoy quyadi va ana şunday ölçamlarda hisoblaydi.
Omadni qarangki, olimlar kofein miqdorini hisoblab çiqişdi va ana şu ma'lumotlarga tayanib, neçançi finjonda içişni bas qiliş kerakligini taxminan bölsa-da ayta olamiz. Qahva işqibozlari quyidagi dozalarga umid qilişlari mumkin:

Agar yana köproq örtaçalaştirilsa, olib ketiladigan qahva stakani – deyarli 95 mg kofein degani.
Oddiy qora va yaşil çoyda esa kofein ança kamroq – agar damlaşning maxsus usullariga qiziqmasangiz, bir finjonda 50 mg gaça.
Kofein qahvali yogurt va muzqaymoqda ham böladi.

Heç qanday yoqimsiz oqibatlarsiz şifokorlar kuniga 400 mg gaça qahva iste'mol qilişga ruxsat berişadi. Bu ikkitadan oltita finjongaça qahva degani. Kofeinga hammaning reaksiyasi har xil: kimgadir yarim kun çarçoq hissini sezmaslik uçun bir finjon espresso yetarli, boşqa birov esa uçinçi kapuçino finjonidan keyin ham uxlab qoladi. Bu irsiy öziga xosliklarga boğliq. Biroq nima bölişidan qat'i nazar kuniga 600 mg dan köproq kofein iste'mol qiliş ortiqça. U boş oğriği va yurak öynaşi holatlariga olib kelişi mumkin.











