Prezident Şavkat Mirziyoyev 10 may kuni Toşkent şahridagi bunyodkorlik işlari bilan tanişuv çoğida yoşlar ta'lim-tarbiyasi, ma'naviyat va ma'rifat masalalariga alohida e'tibor qaratdi.

Xususan, Şayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusufning ilmiy merosini örganiş, kitoblarni çop etiş böyiça tavsiyalar berildi, deb yozadi ÖzA.

Bu bejiz emas. Şayx hazratlari nafaqat diniy, balki ma'rifiy, tarixiy, axloqiy, ijtimoiy mavzularda 100 dan ziyod kitoblar yozgan. Uning hikmatli asarlari, suhbatlari, televideniye va matbuotdagi çiqişlari yurtimizdagi har bir xonadonga kirib borgan.

Şuni alohida ta'kidlaş kerakki, Şayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf asarlari rus tiliga ham tarjima qilinib, çop etilgan. “Tafsir Xilal” (Qur'oni karimning şarhi), “Xadisy i Jizn”, “Iyman, Islam, Kur'an”, “Sunnitskiye veroubejdeniya”, “Raznoglasiya: priçiny i reşeniya”, “Vasatyya – put jizni”, “Sçastlivaya semya”, “Otkrytoye poslaniye”, “Istina o suti gadaniya”, “Zayem i svyazannyye s nim voprosy” kabi kitoblar şular jumlasidandir.

Şuningdek, olimning asarlari ingliz, qozoq, qirğiz, qoraqalpoq va boşqa tillarga tarjima qilingan. Yaqinda turk tiliga ham tarjima qilinib, naşrga tayyorlandi. Şayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusufning kitoblari keng ilmiy asosga ega bölib, qöşni mamlakatlar, Rossiya va Yevropada ham örganilmoqda.

Alloma juda qiyin va murakkab davrda Örta Osiyo va Qozoğiston musulmonlari diniy idorasi raisi, muftiy bölib, diniy qadriyat va an'analar qayta tiklanişiga katta hissa qöşgan. Islom olamida ma'lum va maşhur bölgan “Adabul mufrad”, “Muxtasarul Viqoya”, “Mazhablar – birlik ramzi”, “Mazhabsizlik – islom şariatiga tahdid soluvçi eng xatarli bid'at” kabi kitoblarni özbek tilida şarhlab, xalqimizga dinimizning asl arkonlarini yetkazgan.