WikiLeaks asosçisi Julian Assanj Şvetsiyadan AQŞga topşirilişi mumkin, çunki qirollik odamlarni topşiriş borasida AQŞ bilan “yaxşi tarix”ga ega. Bu haqda saytning boş muharriri Kristinn Xrafnsson aytdi.

“Şvetsiya odamlarni topşiriş borasida AQŞ bilan “yaxşi tarix”ga ega. Stokholm tomonidan Markaziy razvedka boşqarmasi qöliga köplab qoçqinlar topşirilgan. Hamma narsa yuz berişi mumkin”, deb aytgan Xrafnsson RT telekanaliga bergan intervyuda.

U şuningdek bu “yuqori siyosiylaşgan işda köplab ğalizliklar borligiga” e'tibor qaratgan. Misol uçun, uning fikriça, Assanjni nomusga tegişda ayblagan ayollar buni politsiya bosimi ostida qilişgan. Assanjga qarşi iş 2 marta yopilganiga qaramay, u har gal qayta boşlangan.

“Şubhasiz, siyosiy bosim bor”, deb aytgan Xrafnsson va sudning uşbu iş böyiça qarori “siyosiy qaror” bölişini qöşimça qilgan.

13 may kuni Şvetsiya prokuraturasi Şvetsiyada nomusga tegiş va jinsiy negizdagi boşqa jinoyatlarda ayblangan Assanjga qarşi işni tiklagan. Uşbu iş 2017 yilda Assanj sudga kelmagani sababli yopilgan edi. 

Şvetsiyada 2010 yilda tegajoğlik qiliş va zörlaşda ayblangan Assanj Şvetsiyaga topşirilişidan xavotirlanib, 2012 yilda Ekvadorning Londondagi elçixonasida yaşiringan. Biroq 2019 yil 11 aprelda u Şvetsiya va AQŞ orderlari böyiça hibsga olindi. Jurnalist AQŞda davlat sirini oşkor qilişda ayblanib keladi.