19 may kuni Toşkent şahridagi Simpoziumlar saroyida Moskva davlat xalqaro munosabatlar instituti bitiruvçilarining V xalqaro forumi – davlat arboblari, yirik tadbirkorlar, köp tomonlama institut rahbarlari, nufuzli jurnalistlarning norasmiy uçraşuvi bölib ötadi.

Toşkent şahrida ötkaziladigan Forumning oçiliş marosimida Özbekiston Respublikasi taşqi işlar vaziri Abdulaziz Komilov, USM Holdings asosçisi, MDXMIning Vasiylik kengaşi raisi örinbosari Alişer Usmonov, Rossiya madaniyat vaziri Vladimir Medinskiy, Rossiya Federatsiyasi Kengaşi raisi örinbosari Ilyos Umaxanov iştirok etadi. Tadbirni MDXMIning Kuzatuv kengaşi a'zosi, TASS boş direktorining örinbosari Mixail Gusman olib boradi.

Forumda siyosat, xavfsizlik, iqtisod va madaniyat sohasidagi dolzarb masalalar böyiça Mongoliya taşqi işlar vaziri Damdin Tsogtbaatar, Kambodja Ta'lim vaziri N.Xan Çuon, Rossiya fan va ta'lim sohasini nazorat qiliş federal xizmati rahbari S.Kravsov, MDXMning Vasiylik kengaşi a'zosi Fattoh Şodiyevlar sözga çiqadi. Kunning ikkinçi yarmida iştirokçilar qatoriga Slovakiya taşqi işlar vaziri Miroslav Layçak qöşiladi. Barça sözga çiquvçi nufuzli mehmonlar Moskva xalqaro munosabatlar instituti bitiruvçilari hisoblanişadi.

Forumning asosiy dasturi davlat idoralari va kompaniyalar rahbarlarining biznes uçraşuvlaridan iborat. Uçraşuv davomida ta'lim, madaniyat va investitsiya sohasida ikki tomonlama munosabatlar muhokama qilinadi.

MDXMI, Jahon iqtisod va diplomatiya universiteti hamda Özbekiston va Rossiyaning boşqa oliy öquv yurtlari mutaxassislari iştirok etadigan tadbirda Markaziy Osiyodagi köp tomonlama hamkorlik va xavfsizlik masalalari böyiça ekspertlararo munozara bölib ötadi.

Forumda, şuningdek, universitetni rivojlantirişning yangi strategiyasi muhokama qilinadi. Forumda Toşkent MXMI filiali oçilişi haqidagi dastur taqdimoti ham örin olgan.