Yozda «Atletiko»dan ketişini e'lon qilgan fransiyalik hujumçi Antuan Grizmannga «Barselona» taqdim etgan bitimning ba'zi şartlari ma'lum böldi.

L’Equipe naşri ma'lumotiga köra, Kataloniya klubi 28 yoşli futbolçiga 5 yillik şartnoma va 17 mln yevro miqdorida yillik maoş taklif etgan.

Antuanning «Atletiko»dagi maoşi esa yiliga 21 mln yevroga teng. Ya'ni, u «Barsa» taklifiga köngan taqdirda yillik maoşi 4 mln yevroga kamayadi.

Ammo, manbaga köra, Grizmann «kök-anorranglilar» safiga ötgaç, uning homiylik şartnomalari orqali köradigan daromadi oşadi.

7-raqam egasining madridliklar klubi bilan amaldagi şartnomasiga asosan, uning transfer qiymati joriy yilning 1 iyulidan söng 200 mln yevrodan 120 mln yevroga tuşadi. Bu miqdorning 20 foizi (24 mln yevro) fransuzning sobiq klubi – «Real Sosedad»ga tegişli böladi.

Grizmann – yozgi transfer oynasi uçun «Barselona» möljalidagi yagona yirik xarid emas. Klub «Ayaks»dan himoyaçi Matteys de Ligtni ham sotib olmoqçi. Şuningdek, Matteysning jamoadoşi Frenki de Yong transferi ham kelişib qöyilgan. Uşbu uç futbolçi, Marca`ning yozişiça, «Barsa»ga 235 mln yevroga tuşadi: Grizmann –  120, de Ligt – 70, de Yong – 75 mln yevro.

Mazkur xarajatlarni qoplaş uçun Ispaniya çempioni bir qator futbolçilarini, xususan: Filippe Koutino (taxminan 100 mln yevro), Ivan Rakitiç (50 mln.gaça), Samyuel Umtiti (40 mln), Yasper Silessen (30 mln), Malkom (kamida 40 mln), Ande Gomeş (20-25 mln), Denis Suares, Rafinya Alkantara (bu ikki futbolçining aniq narxi belgilanmagan), Mark Kukurelya (10 mln) va Nelson Semedu (35 mln) kabilardan ba'zilarini transferga qöyişga tayyor.

Eslatib ötamiz, avvalroq «Atletiko» va «Barselona» Grizmann va Koutinoni ayirboşlaşi mumkinligi xabar qilingan edi.