Prezident Şavkat Mirziyoyev Qörğontepa tumanidagi «Khantex Group» mas'uliyati çeklangan jamiyati tomonidan taşkil etilgan paxta-töqimaçilik klasteri faoliyati bilan tanişdi.
Andijon viloyatiga ötgan yili may oyidagi taşrif çoğida jamiyat tomonidan töqimaçilik mahsulotlari işlab çiqariş loyihasi taqdim etilgan edi. Bugunga kelib bu rejalar töla amalga oşirildi. Ulkan yigiruv sexi binosi qurilib, Şveytsariyaning «Riter» kompaniyasidan zamonaviy uskunalar keltirib örnatildi. Hududda yaşovçi 400 nafarga yaqin aholi doimiy iş joyiga ega böldi.

«Bu hali dastlabki işlar. Keyingi bosqiçlarda mato töqiş, uni böyaş, tayyor kiyim-keçaklar va soçiqlar işlab çiqariş rejalaştirilgan. Loyihaning umumiy qiymati qariyb 58 million yevro bölib, korxona töliq quvvat bilan işlay boşlagaç, yiliga 9 ming tonnadan ziyod ip-kalava, qariyb 6 million pogona metr gazlama, 10 million donadan ortiq tikuv-trikotaj mahsulotlari işlab çiqariladi. 1500 ta iş örni yaratiladi. Eksport hajmini 40 million dollarga yetkaziş möljallangan.
Şuningdek, klaster negizida 2 ming tonna yoğ, 7,5 ming tonna şrot, 5,4 ming tonna şeluxa işlab çiqariş quvvatiga ega zamonaviy yoğ-ekstraksiya zavodi hamda çorva kompleksi taşkil etiş böyiça işlar boşlab yuborilgan. Agrotexnika işlari uçun «John Deere» va «Case» kompaniyalarining 13 turdagi qişloq xöjaligi texnikasi keltirilgan», deyiladi prezident matbuot xizmati xabarida.

Davlat rahbari klasterning yigiruv sexini kirib kördi.

- Şu paytgaça joylarda turli korxonalarni taşkil etiş böyiça işladik. Endi sifatga e'tibor beriş, daromadini oşiriş uçun şaroit yaratiş kerak, - dedi Şavkat Mirziyoyev.

Şu yerda Andijon viloyatida qişloq xöjaligini rivojlantiriş, parrandaçilik, baliqçilik, asalariçilik, pillaçilik va tomorqaçilik orqali aholi farovonligini oşirişga qaratilgan rejalar, Özbekistonning Belarusdagi elçixonasi tomonidan işlab çiqilgan loyihalar muhokama qilindi.













